Sirdaryo viloyati —(1963-yil 16-fevralda tashkil etilgan) maydoni 4,3 ming
kvadrat kilometr bo'lib, 672,2 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 8 ta qishloq tumani
(Boyovut, Guliston, Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos), 5 ta
shahar (Baxt, Guliston, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer) va 6 ta shaharcha bor. Viloyat markazi
Guliston shahridir.
Surxondaryo viloyati — (1941-yil 6-martda tashkil etilgan) maydoni 20,1 ming
kvadrat metr bo'lib, 1894,9 ming kishi yashaydi.
Viloyat hududida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun, Denov,
Jarqo'rg'on, Muzrabod, Oltinsoy, Sari-osiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho'rchi, Qiziriq,
Qum-qo'rg'on),8 ta shahar (Boysun, Denov, Jarqo'rg'on, Termiz, Sharg'un, Sherobod,
Sho'rchi, Qumqo'rg'on) va 7 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Termiz shahridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |