Qoraqalpog'iston Respublikasi (sobiq Qoraqalpog'iston muxtor respublikasi)
1990- yil 14- dekabrda suveren respublika deb e'lon qilingan. 1991-yil 31-avgustda bu holat
,,0'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonunda o'z aksini
topgan. Uning maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrga teng bo'lib, 1569,9 ming kishi
yashaydi. Qoraqalpog'iston Respublikasi tarkibiga 14 ta qishloq tumani (Amudaryo,
Beruniy, Kegayli, Mo'ynoq, Nukus, Taxtako'pir, To'rtko'l, Xo'jayli, Chimboy, Shumanay,
Ellikqal'a, Qonliko'l, Qorao'zak, Qo'ng'irot), 12 ta shahar (Nukus, Beruniy, Bo'ston,
Mang'it, Mo'ynoq, Taxiatosh, To'rtko'l, Xalqobod, Chimboy, Shumanay, Xo'jayli,
Qo'ng'irot) va 17 ta shaharcha kiradi. Qoraqalpog'istonning poytaxti Nukus shahri bo'lib,
unda 236700 kishi yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |