Shahardan tashqarida ekskursiya avtobusda va piyoda tashkil
etilishi mumkin. Avtobusli ekskursiyalar odatda 100 km dan uzoq
bo‘lmaydi. Piyoda ekskursiyada guruhni aniq joygacha maxsus
transportda olib boriladi, so‘ng qolganida ular piyoda borishadi
(Masalan,poyezd, vertolyot, teploxodda). Shahardan tashqari ekskursiyalar
bir necha xil bo‘ladi.
Birinchidan, ekskursiya faqat oxirgi punktda o‘tkaziladi (o‘rmon, tog‘,
kichik shahar).
Ikkinchidan, ekskursiyada yo‘l-yo‘lakay diqqatga sazovor joylar
marshrut bo‘ylab ko‘rsatiladi.
Uchinchidan, har ikkisini umumlashtirilgan holda o‘tkaziladi. Bunda
ekskursiyani oxirgi punktida guruhni qabul qilib oluvchi turistik tashkilot
gidi yoki muzey xodimlari ekskursiyani olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |