2.Turizm sohasida animatsiya xizmati
Turistlarga xizmat ko‘rsatish menejmentining dolzarb yo‘nalishlaridan
biri animatsiya, ya’ni, xizmat ko‘rsatish dasturlari, turistlar dam olishi va
hordiq chiqarishini jonlantirishdir.
Animatsiya - bu bo‘sh vaqtni o‘tkazishning maxsus dasturlarini ishlab
chiqish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatdir.
Bunga turistlar va ekskursantlarni "tirilgan” tarixiy personajlar kutib
oladigan animatsion shou-muzeylar yoki kechasi mehmonxonada turistlar
ishtirokida shoular tashkil qilishlar kiradi.
Animatsion dasturlar sport o‘yinlari va musobaqalarini, raqs
kechalarini, o‘yin, ma’naviy qiziqishlar sohasiga kiruvchi mashg‘ulotlarni
o‘z ichiga oladi.
Turli xil liboslarga asoslangan turistik mahsulotlar - bu animatsion
turizmning avangard yo‘nalishlaridan yana bittasidir. Bunga misol -
turistlarning Amerika ranchosida dam olishi bilan birga tashkil etilgan tur
bo‘lib, unda turistlarga kovboy kiyimlari beriladi, otda yurish va kovboylik
mahoratlari o‘rgatiladi. Bunday turlar turistlarda katta qiziqish uyg‘otadi.
Sport yoki etnofolklor, sarguzasht yoki xobbi turlar animatsiyasi
ssenariysi va harakteriga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Biroq bu
yerda bevosita turistlarni qatnashtirish asosida dasturni jonlantirish
muhimdir. Boshqa yo‘nalish - bu mehmonxona va dam olish markazlarida
turistlar dam olishini bevosita animatsiyalashtirish.
84
Hozirda mamlakatimizning qariyib barcha shaharlarida milliy uslubda
bezatilgan xususiy mehmonxonalar, restoranlar ochilgan.Turistlarni o‘sha
yerlarga olib borib, qadimiy an’anarimiz, urf-odatlarimizni ko‘rsatib berish
mumkin.
Animatorlar (ko‘p hollarda yoshlar) turistlar bilan doimiy ravishda
ishlashadi. Ularnig asosiy vazifasi - mijozlarni zeriktirib qo‘ymaslikdir.
Animatorlar, odatda, forma sifatida turistlar uzoqdan ko‘rishlari va tanib
olishlari uchun ochiq rangli fotbolka tanlashadi. Futbolkada uning ismi va
u biladigan tillar davlatlari bayroqlari bor kartochka bo‘ladi. Ular
xushmuomala bo‘lishadi va turistlar bilan eski tanishlardek ko‘rishadilar.
Mijozlar yuzini eslab qolish - ularning professional majburiyatidir.
Animatorlar ishi qiziq va quvnoq bo‘lishi bilan birga og‘ir hamdir.
Ertalab ular aerobik mashg‘ulotlarini o‘tkazadilar, turistlarni ko‘ngil
ochishlarini tashkil qiladilar. Kunduzi turistlar bilan ekskursiyaga va
do‘konlarga boradilar. Kechqurun shou va bardagilar zerikib qolmasligini
ham ta’minlashlari kerak. Kimnidir raqsga taklif qilish, kim bilandir
shunchaki suhbatlashish lozim. Shuning uchun ham, odatda, yoshlar
animator bo‘lib ishga kiradilar.
Til to‘sig‘i mavjudligi bemalol suhbatlashishga yordam bermaydi va
animatorlarga qo‘yiladigan birinchi talablar kamida ikki xorijiy tilni
bilishdir. Shunda animator turli davlatlardan kelgan turistlar bilan ishlay
oladi va juda kerakli mutaxassisga aylanadi.
Turlarni animatsiyalashtirish va tashkil etish uchun bayramlar
nishonlanadigan sanalar kalendaridan foydalanish katta ahamiyatga egadir
Turistning u yoki bu sanaga qiziqishi, bu qiziqishlarning "jonlantirilgan",
turistning o‘zi qatnashadigan ko‘rinishda tashkil etilishi xizmat ko‘rsatish
dasturini yanada jonlantiradi. Masalan: Milliy, o‘zbekona to‘y
marosimlarimizga turistlar qatnashishini taminlash.Ularga milliy kelin-
kuyovlar kiyimini kiydirib, yor-yorni sahnalashtirish.
Animatorlar ishining yaxshi misoli sifatida "Klub Med" kurortlari
tizimi klublarini keltirsa bo‘ladi. "Klub Med" ga animator bo‘lib ishga
kirgan odamlar haqiqatda ham bilimi va universalligi bilan ajralib turadi.
Ular nafaqat yosh, chaqqon bo‘lishi, balki kamida ikkita tilni bilishi,
hamma bilan til topishib keta olishi lozim. Bu yerda alohida lavozim –
GO-fransuz tilidan olingan Gentils Organizateurz so‘zining qisqartmasi -
"yoqimli tashkilotchilar" bo‘lishi mumkin. GOning asosiy vazifasi - "Klub
Med"ning barcha shaharchalari ajralib turadigan erkinlik va tabiiylik
muhitini yaratishdan iborat. Agar barda biror kishi zerikayotgan bo‘lsa,
albatta, GOning yoniga o‘tkazishadi va suhbatga tortishadi. Ular doimo
85
biror hazil yoki qiziqarli narsani boshlashlari mumkin. Mijozlarni ham bu
yerda hurmat bilan - GM - Gentils Members so‘zining qisqartmasi -
"klubning yoqimli a’zolari" deb atashadi. Animatorlar sababli "Klub
Med"ning istalgan shaharchasida dam olish haqiqiy bayramga aylanadi.
Har safar yangi bayramlarni tashkil qilish qimmatga tushishi bois,
doimiy harakatdagi animatsion dasturlarni sotish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, turizmda
animatsiya formulasini quyidagi kompleks ko‘rinishida qabul qilish
mumkin: qiziqishlardan foydalanish, ekspozitsiyalarni jonlantirish,
harakatlarga turistlarni jalb qilish, tomoshalarning turli-tumanligi.
Turizm animatsiyasi uslubiy asoslarini quyidagicha shakllantirish
mumkin:
operatorning hordiq chiqarish va tomoshalar markazlari, festival
marosim tashkilotchilari bilan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lish,
shuningdek, xizmat ko‘rsatish dasturiga tadbirlar ma’lumotlarini faol
qo‘shib borish;
sodir bo‘layotgan tadbirning psixologik qabul qilinishi va tematikasini
hisobga oladigan dam olish (tadbir) ssenariysini tuzish;
ob-havo va boshqa sabablarga ko‘ra dasturga o‘zgartirish kiritilganda
animatorlaniing turistlar bilan ishlashi. Umuman animatsion turizm
faoliyati
deganda
xordiq
chiqarish-tomosha
va
servis
komplekslarining har bir turist dam olishiga va xizmat ko‘rsatishga
shaxsiy yondashuvning o‘zaro yaqin hamkoriigini tushunishimiz
mumkin.
Asosiy vazifa turistga qiziqarli bo‘lishi, o‘zini dastur qatnashchisi
sifatida his qilishi, yaxshi dam olish uchun qulaylik mavjudligidir.
Shunday qilib, turizm aholining bir joydan ikkinchi joyga pul topish
maqsadi uchun emas, balki ma’naviy, ruxiy va jismoniy hordiq chiqarish
maqsadida harakat qilib yurishidir. Bunday harakatni sodir qilish
turistlarni qabul qilish uchun O‘zbekistonda yirik salohiyat mavjud. Gap
bunday salohiyatdan samarali foydalana olishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |