471
U m u m i y y o n b o sh v e n a s i o‘ng va chap tomonda bittadan joylashgan
bo‘lib, ichki Yonbosh (v. iliaca interna) va tashqi Yonbosh (v.iliaca externa)
venalarning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. O‘ng va chap tomondagi umumiy Yonbosh
venalar shu nomli arteriyalarning orqa tomonida joylashgan bo‘lib, IV–V bel
umurtqalari ro‘parasida bir-biri bilan qo‘shilib, pastki kavak venani hosil qiladi.
I ch k i y o n b o sh v e n a s i (v. iliaca interna) kichik Chanoq devoriga tegib
turadi. Bu venaning old tomonidan shu nomli arteriya o‘tadi.
Ichki Yonbosh venasi kichik Chanoq devorlari va uning ichidagi a‘zolardan
kelgan vena tomirlari yig‗indisidan hosil bo‘ladi. Ichki Yonbosh venasiga kichik
Chanoq devoridan dumbaning pastki va ustki venalari (vv. glutea superior et
inferior), yopqich vena (v. obturatoria), dumg‗aza Yon venasi (v. sacralis lateralis) va
Yonbosh-bel venasi (v. iliolumbalis) quyiladi.
Kichik Chanoq bo‘shlig‗ida joylashgan a‘zolardan ichki Yonbosh venasiga
to‘g‗ri ichak devorining pastki qismidagi vena chigali (plexus venosus rectalis
inferior)dan, qovuq vena chigali (plexus venosus vesicalis)dan, erkak olati (v.
dorsalis clitoridis)dan, ichki uyatli vena (v. pudenda interna)dan, prostata bezi (plexus
venosus prostaticus va plexus venosus utericus)dan qon quyiladi.
Kichik Chanoq bo‘shlig‗ida joylashgan a‘zolar, to‘g‗ri ichak, qovuq, prostata
bezi (ayollarda esa klitor va bachadon) atrofida to‘r hosil qilib joylashgan vena qon
tomir chigallari faqat vena qonining yo‘lini ta‘minlab qolmasdan, balki a‘zolarni
tashqi ta‘sirotlardan saqlab amortizator vazifasini ham bajaradi. Bu xususiyat faqat
Chanoq bo‘shlig‗ida joylashgan ichi bo‘sh a‘zolarga xos bo‘lib qolmasdan, balki
barcha shunday a‘zolarga ham taalluqlidir, chunki ichi bo‘sh a‘zolar funksional har
xil holatda (hajmining kengayishi yoki kichrayishi) bo‘lishidan qat‘iy nazar, vena qon
oqimi tomir chigalining bir me‘yorda bo‘lishini ta‘minlaydi.
1
To‘g‗ri ichak vena chigalidan uchta vena hosil bo‘ladi. Ulardan biri to‘g‗ri
ichakning Yuqori venasi (v. rectalis superior) ichaktutqichning pastki venasiga
quyiladi. To‘g‗ri ichakning o‘rta venasi (v. rectalis media) pastki kavak venaga
quyiladi. Uchinchisi, to‘g‗ri ichakning pastki venasi (v. rectalis interior) esa v.
pudenda interna ga quyiladi.
T a sh q i y o n b o sh v e n a s i (v. iliaca externa) tomir kavagi (lacuna
vasorum) dan o‘tuvchi son venasi (v. femoralis) ning bevosita davomi bo‘lib, katta
Chanoq bo‘shlig‗ida shu nomli arteriyaning medial tomonidan Yuqoriga ko‘tariladi,
ichki Yonbosh vena bilan qo‘shilib, umumiy Yonbosh venani hosil qiladi. Tashqi
Yonbosh venaga qorin ustining pastki venasi (v. epigastrica inferior) va Yonbosh
suyak atrofidagi chuqur vena (v. cirumflexa ilium profunda) lar quyiladi. Bu venalar
shu nomli arteriyalar bilan Yonma-Yon yo‘naladi.
Do'stlaringiz bilan baham: