ascendens sinistrae)dan hosil bo‘lib, Yuqoriga ko‘tariladi. Diafragma oyoqchalari
orasidan Ko‗krak qafasiga kirib umurtqa pog‗onasi va aorta Ko‗krak qismining chap
tomonida joylashadi va VII–X Ko‗krak umurtqalarining ro‘parasida chapga burilib,
aortaning orqasidan o‘ngga o‘tadi va toq venaga quyiladi. Yarim toq vena Ko‗krak
464
intercostales posteriores) va shu yerda joylashgan a‘zolardan (vv. oesophagea et
mediastinales) vena qonini qabul qiladi.
Orqadagi qovurg‗alararo venalar (vv. intercostales posteriores) qovurg‗a
oralig‗ida shu nomli arteriya va nervlar bilan birgalikda sulcus subcostales bo‘ylab
joylashadi. Qovurg‗alararo venalar Ko‗krak qafasi devoridan va qorin muskullaridan
vena qonini qabul qiladi.
Qovurg‗alararo venalar orqa tomonda umurtqalararo vena (vv. interverbrales –
orqa miya atrofidagi vena) vv. spinales bilan, oldinda vv. thoracicae interna bilan
birgalikda qo‘shiladi.
Umurtqa pog‗onasi venalarining chigali (plexus venosi vertebrales) umurtqa
pog‗onasi kanalida joylashib, umurtqa venasining ichki chigali (plexus venosi
vertebrales interna) va umurtqa venasining tashqi chigali (plexus venosi vertebrales
externa)ni hosil qiladi, ular orqa miya va umurtqalarni o‘rab joylashadi. Bu vena
chigallari umurtqa oraliq venalar orqali vv. intercostales posteriores, vv. lumbales,
vv. sacrales toq va yarim toq venalarga qo‘shiladi.
Y e l k a - b o sh venalari (vv. brachiocephalicae dextra et sinistra bir juft bo‘lib
(o‘ng va chap tomonda), o‗mrov osti va bo‘yinturuq venalarining qo‘shilishidan hosil
bo‘ladi.
Ch a p y e l k a - b o sh venasi (vv. brachiocephalicae sinistra) 5–6 sm uzunlikda
bo‘lib, chap o‗mrov osti (subclaviae sinistra) va chap ichki bo‘yinturuq vena (v.
jugularis interna sinistra) larning o‗mrov-to‘sh Bo‗g‗imi ro‘parasida qo‘shilishidan
vujudga keladi. Chap yelka-bosh venasining orqa tomonida shu nomli arteriya poyasi
joylashgan.
O‘ n g y e l k a - b o sh venasi (v. brachiocephalicae dextra) 3 sm uzunlikda
bo‘lib, o‘ng o‗mrov osti (v. subclavia dextra) va o‘ng ichki bo‘yinturuq vena (v.
jugularis interna dextra) larning o‗mrov-to‘sh Bo‗g‗imi ro‘parasida o‘zaro
qo‘shilishidan paydo bo‘ladi. O‘ng yelka-bosh venasi to‘sh suyagi ichki Yuzasi
bo‘ylab pastga tushib, plevraga yaqinlashadi-da, chap yelka-bosh venasi bilan
qo‘shilib, v. cava superior ni hosil qiladi.
Umurtqa venasi (v. vertebralis dextra et sinistra) umurtqalarning o‘ng va chap
ko‘ndalang o‘siq teshiklaridan a.vertebralis bilan birgalikda yo‘nalib, umurtqaning
ichki vena chigalidan vena qonini qabul qiladi va o‘ng hamda chap yelka-bosh
venalariga (v. brachiocephalicae dextra et sinistra) quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: