A. ulnaris – yelka arteriyasining ikkinchi tarmog‗i bo‘lib, a. radialis ga
qaraganda birmuncha yo‘g‗on. Tirsak arteriyasi – a. brachialis dan fossa cubiti da
boshlanadi va m. pronator teres ostidan pastga tushadi. Bilak o‘rtasida sulcus ulnaris
ga m. flexor carpi ulnaris bilan m. flexor digitorum superficialis orasidan o‘tib ketadi
va no‘xatsimon suyak oldiga kelganda canalis carpi ulnaris orqali kaftga tushadi.
Kaftda a. ulnaris ning asosiy poyasi arcus palmaris superficialis ni hosil qilishda
qatnashsa, ramus carpeus palmaris profundus shoxi bilak arteriyasi bilan qo‘shiladi
va kaftning chuqur arteriya ravog‗i (arcus palmaris profundus)ni hosil qiladi. Tirsak
441
Bilak va panja arteriyalari (orqa Yuzasi).
1 – M.triceps brachii payi; 2 – Rete articulare cubiti; 3 – M.anconeus; 4 – M.flexor carpi
ulnaris; 5 – A.interossea anterior; 6 – M.extensor carpi ulnaris; 7 – M.extensor indicis proprius; 8 –
Mm.interosei dorsales; 9 – Aa.metacarpeae dorsales; 10 – Aa.digitales dorsales; 11 – A.princeps
pollicis; 12 – A.metacarpea dorsalis I; 13 – R. carpeus dorsalis a.radialis; 14 – A.radialis; 15 – Rete
carpi dorsale; 16 – Retinaculum extensorum; 17 – M.extensoris digitorum communis paylari; 18 –
M.extensor pollicis longus; 19 – M.extensor pollicis brevis; 20 – M.abductor pollicis longus; 21 –
A.interossea posterior; 22 – M.extensor carpi radialis brevis; 23 – R.profundus n.radialis; 24 –
A.interossea recurrens; 25 – M.supinator; 26 – M.extensor digitorum communis; 27 – Rete
articulare cubiti; 28 – M.extensor carpi radialis longus; 29 – M.brachioradialis.
1. T i r s a k n i n g q a y t u v ch i a r t e r i y a s i (a. recurrens ulnaris)
boshlanish qismida ikki tarmoqqa ajraladi: a) old tarmoq (ramus anterior)
epicondylus medialis oldida a. collateralis ulnaris inferior bilan anastomozlashadi; b)
orqa tarmoq (ramus posterior) epicondylus medialis ning orqa tomoniga o‘tib
tarqaladi va tirsakning arteriya to‘ri – rete articulare cubiti ni hosil qilishda
qatnashadi, a. collateralis ulnaris superior bilan anastomozlashadi.
2. S u y a k l a r o r a l i g‗ i n i n g u m u m i y a r t e r i y a s i (a. interossea
communis) kalta va birmuncha yo‘g‗on bo‘lib, fossa cubiti ning pastki chegarasida
membrana interossea ning oldingi Yuzasiga yetgach, quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi:
a) suyaklar oralig‗ining oldingi arteriyasi (a. interossea anterior) membrana interossea
ning old Yuzasi bo‘ylab pastga tushadi va m. pronator quadratus ning Yuqori
chekkasi yaqinida membrana interossea ni teshib, dorsal (orqa) tomoniga o‘tadi va
kaftning orqa Yuzasidagi arteriya to‘ri (rete carpi dorsale) ni hosil qilishda
qatnashadi. A. interossea anterior – muskullarga, bilak va tirsak suyaklariga
(boshlang‗ich qismida) hamda n. medianus ga alohida shoxchalar beradi; b)
interossea posterior – suyaklar oralig‗ining orqa tomonidagi arteriya orqa tomonga
yo‘naladi va membrana interossea ni teshib, bilakning dorsal Yuzasiga boradi. U
yerda joylashgan ekstenzor muskullarning Yuza va chuqur qavatlariga tarmoqlar
beradi, a. interossea anterior bilan qo‘shilib, rete carpi dorsale ni hosil qiladi.
442
A. interossea recurrens – Yuqoriga ko‘tariluvchi (qaytuvchi) oraliq arteriya
Yuqoriga ko‘tarilib, rete articulare cubiti ni hosil qilishda qatnashadi;
3. R a m u s c a r p e u s d o r s a l i s – k a f t n i n g o r q a t o m o n d a g i sh o
x i tirsak arteriyasidan no‘xatsimon suyak bilan m. pronater quadratus ning oraliq
sohasida chiqib a. radialis ning ramus carpeus dorsalis tarmog‗iga qo‘shiladi va rete
carpi dorsale ni hosil qiladi;
4. R a m u s c a r p e u s p a l m a r i s – k a f t n i n g o l d t o m o n d a g i s h o
x i tirsak arteriyasidan boshlanib, a. radialis ning shu nomli shoxchasi bilan
qo‘shiladi;
5. R a m u s p a l m a r i s p r o f u n d u s – q o‘ l p a n j a s i n i n g k a f t t o m
o n d a g i ch u q u r t a r m o g‗i, tirsak arteriyasidan, ramus carpus dorsalis
tarmog‗idan pastda kaftning chuqur ravog‗ini hosil qilishda qatnashadi. Ramus
carpeus palmaris profundus hypothenor muskullarni, terini qon bilan ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: