Ma‟ruza № 16. Venoz tizimining funksional anatomiyasi. Kavak venalari.
Darvoza venasi. Venoz anastomozlar. Embrionda qon aylanish. Limfa
tizimining funksional anatomiyasi - - 2 soat.
Venalarni arteriyalardan farqi. Vena qon tomirlarini hosil bo‗lish qonuniyatlari.
Venalarning o‗ziga xos xususiyatlari: venoz chigallar, sinuslar, suyak venalari.
Venalardan Yurak tarafiga qon oqish qonuniyatlari. Yuzaki va chuqur venalar. Vena
qon tomirlarini rentgen nurlari ta‘siridagi tasviri. Katta va kichik qon aylanishdagi
venalar. O‗pka venalari. YUqori kavak vena va shu venani hosil etishda
qatnashadigan venoz qon tomirlar. Bosh miyaning venalari va sinuslari. Kalla
sohasidagi Yuzaki va chuqur venalar, ular orasidagi anastomozlar. Ichki, tashqi va
oldingi bo‗yinturuq venalar. Elka-bo‗yin venalari va uning irmoqlari. O‗mrov osti
venasi va uning irmoqlari. Qo‗ldagi Yuzaki va chuqur venalar. Qo‗ltiq sohasidagi
venalar va uning irmoqlari. Qovurg‗alararo venalar. Toq va yarim toq venalarning
irmoqlari. Umurtqa pog‗anasi ichidagi venoz chigallar. Pastki kavak vena va uning
irmoqlari. Oyoqdagi Yuzaki va chuqur venalar. Tashqi Yonbosh venasi. Chanoq
devorlarining venasi va Chanoq bo‗shlig‗idagi a‘zolarning venasi. Ichki Yonbosh
venasi. Kava-kaval anastomozlar. Darvoza venasi: topografiyasi, irmoqlari. Darvoza
vena irmoqlarini Yuqori va pastki kavak venalar irmoqlari bilan qo‗shilishi: porto-
kaval anastomozlar. Alohida a‘zolarda (orqa miya va bosh miya, Yurak, o‗pka, jigar,
buyrak, endokrin a‘zolar) qon aylanishning o‗ziga xosligi - bu a‘zolarning tuzilishi va
vazifasiga bog‗liq ekanligi.
Limfa tizimining taraqqiyoti va venoz sistema bilan bog‗lanishi. Limfa tizimining
irmoqlari: limfa kapillyari va ularning tuzilishida qon tomirlardan farqi. A‘zolarda
limfa tomirlar to‗rining tuzilishi. Limfa tomirlar. Limfa tugunlari: tuzilishi, Yoshga
qarab o‗zgarishi. Ko‗krak limfa yo‗lining irmoqlari. O‗ng limfa yo‗lining irmoqlari.
O‗mrov osti limfa stvoli. Bo‗yinturuq limfa stvoli. Kalla sohasidagi limfa tomirlar va
limfa tugunlar. Bo‗yin sohasidagi limfa tugunlar va limfa tomirlar. Qo‗l sohasidagi
limfa tugunlar va limfa tomirlar. Katta limfa yo‗llarini vena qon tomirlariga quyilish
21
sohasi. Oyoqdagi Yuzaki va chuqur limfa tomirlar va limfa tugunlar. Tizza ostidagi
va Chov sohasidagi Yuzaki va chuqur limfa tugunlar. Qorin bo‗shlig‗i devoridagi va
a‘zolardagi limfa tomirlar va limfa tugunlar. Ko‗krak qafasi sohasi devoridagi va
a‘zolarning limfa tomirlari va limfa tugunlari. Sut bezining limfa tomirlari va limfa
tugunlari. Limfa tomirlarining o‗zaro qo‗shilishi va Yonlama (kollateral) limfa
yo‗nalishi. Limfa tomirlarining va limfa tugunlarining rentgen anatomiyasi (tasviri).
Qon shaklli elementlarini qosil etuvchi a‘zolar va immun sistema. Immun
sistemasining markaziy va periferik qismlari. Ayrisimon bez: taraiyoti, topografiyasi,
vazifasi
va
tuzilishi.
Ingichka
ichak
devoridagi
limfatik
follikulalar.
CHuvalchangsimon o‗simta sohasidagi limfa tugunlar. Taloq: topografiyasi, vazifasi
va tuzilishi.
(A: 1,2,3,4; Q: 1,2,)
Do'stlaringiz bilan baham: |