Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Download 12,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/411
Sana09.07.2021
Hajmi12,49 Mb.
#113758
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   411
Bog'liq
ANATOMIYA-MAJMUA

  

QIZILO‟NGACH 

Qizilo‟ngach  (oesophagus,  126)  25–30  sm  uzunlikdagi  muskuldan  tuzilgan 

bo‘lib,  Yuqorida  VI  bo‘yin  umurtqasining  ro‘parasida  halqumdan  boshlanadi, 

Ko‗krak  sohasidan diafragma  orqali qorin  bo‘shlig‗iga o‘tib, XI  Ko‗krak umurtqasi 

ro‘parasida me‘daning kirish qismiga ulanadi. 

Qizilo‘ngach joylashishiga qarab uch bo‘limga ajratiladi: Yu q o r i b o‘ y i n q i 

s m i – pars cervicalis, VI–VII bo‘yin umurtqalari chegarasiga to‘g‗ri keladi, o‘ r t a k 

o‘  k  r  a  k  q  i  s  m  i  –  pars  thoracica  eng  uzun  qismi  bo‘lib,  II  va  X–XI  Ko‗krak 

umurtqalari ro‘parasiga to‘g‗ri keladi. P a s t k i q o r i n q i s m i – pars abdominalis 

eng  kalta  (taxminan  1–2  sm)  bo‘lib,  diafragma  orqali  me‘daning  kirish  qismiga 

qo‘shiladi.  

Qizilo‘ngach  orqa  tomondan  umurtqa  pog‗onasi  bilan  chegaralanadi,  oldindan 

esa kekirdakning parda qismiga tegib turadi. 




 

353 


 

Qizilo‘ngach. 

1–pharynx  (pars  laryngea);  2–pars  cervicalis;  3–pars  thoracica;  4–pars 

abdominalis;  5–pars  cardiaca;  6–diaphragma;  7–qizilo‘ngachning  pastki  toraygan 

qismi;  8–qizilo‘ngachning  o‘rta  toraygan  qismi;  9–qizilo‘ngachning  Yuqorigi 

toraygan qismi. 

 

 

Qizilo‘ngachning  ikki  Yonbosh  sohasida  adashgan  nerv  –  n.  vagus  joylashgan. 



Qizilo‘ngachning bo‘yin sohasi Ko‗krak qafasiga uning ustki teshigi orqali o‘tadi va 

IV–VII Ko‗krak umurtqalari oldida chap bronx bilan kesishib, uning orqa tomonidan 

o‘tib,  o‘ng  tomonga  bir  oz  surilib  joylashadi.  IX  Ko‗krak  umurtqasi  sohasida, 



 

354 


qizilo‘ngachning  old  tomonida  aorta  joylashadi  va  u  bir  oz  chap  tomonga  surilib, 

diafragma orqali qorin bo‘shlig‗iga o‘tib ketadi. 

Qizilo‘ngach  d  e  v  o  r  i  u  ch  p  a  r  d  a  d  a  n  iborat.  Uning  eng  ustki  pardasi  – 

tunica  adventitia  biriktiruvchi  to‘qimadan  tuzilgan.  Qizilo‘ngachning  qorin 

bo‘shlig‗idagi  qismi  ust  tomondan  qorin  pardasi  bilan  o‘ralgan.  Qizilo‘ngachning 

muskul  pardasi  –  tunica  muscularis  esa  ikki  qavatdan  iborat  bo‘lib,  tashqi  qavati 

uzunasiga  yo‘nalgan,  ichki  qavati  aylana  joylashgan  muskul  tutamidan  iborat. 

Qizilo‘ngachning  Yuqori  1/3  qismi  ko‘ndalang-targ‗il  muskuldan  tuzilgan  bo‘lib, 

asta-sekin silliq muskul bilan almashadi. Shuning uchun ham uning pastki 2/3 qismi 

silliq  muskuldan  iborat.  Qizilo‘ngach,  odatda,  Yuqoridan  pastga  qarab  qisqaradi. 

Qizilo‘ngachning muskul bilan shilliq pardalari (tunica mucosa) o‘rtasida shilliq osti 

qavati  (tela  submucosa)  yaxshi  rivojlangan.  Bu  holat  shilliq  parda  harakatchan 

bo‘lishini  ta‘minlaydi  va  uzunasiga  joylashgan  burmalar  hosil  qiladi.  Shilliq  osti 

qavatida joylashgan qizilo‘ngachning xususiy bezlari o‘z suYuqliklarini qizilo‘ngach 

bo‘shlig‗iga  chiqaradi.  Shilliq  parda  qizilo‘ngachning  ichki  qavati  bo‘lib,  yaxshi 

rivojlangan  muskul  plastinkasiga  yaqin  joylashgan  uzunasiga  burmalar  hosil 

bo‘lishiga va bezlar suYuqligining ajralishiga yordam beradi. Shilliq pardalardagi bez 

suYuqliklari  uning  Yuzasini  namlab  turadi  va  ovqat  luqmalari  yo‘nalishini 

osonlashtiradi.  Qizilo‘ngachning  uch  fiziologik  toraygan  joyi  mavjud:  birinchi  – 

qizilo‘ngachning  boshlangan  qismi  (halqumdan  boshlangan  joyida),  ikkinchi  – 

kekirdakning  ikkita  bronxga  bo‘lingan  yeri  (qizilo‘ngachning  bronx  bilan  kesishgan 

sohasida), uchinchi – qizilo‘ngachning diafragmadan o‘tish joyi.  

Qizilo‘ngachning asosiy vazifasi ovqat luqmasi va Yutilgan suYuqlikni me‘daga 

o‘tkazishdan iborat. 

 

 


Download 12,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   411




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish