OYOQ PANJASI MUSKULLARI
(118, 119lar)
Oyoq panjasi muskullari qo‘l kafti muskullari kabi dorsal [ustki yozuvchi guruh
va pastki (kaft tomon) bukuvchi guruh] muskullardan tuzilgan.
Oyoq panjasining ust tomonida barmoqlarni yozuvchi kalta muskul (m. extensor
digitorum brevis) va bosh barmoqni yozuvchi kalta muskul (m. extensor hallucis
brevis) joylashgan, ular tovon suyagining lateral Yuzasidan boshlanadi va sinus tarsi
ga kirish oldida to‘rtta nozik payga ajralib, m. extensor digitorum longus, m. extensor
hallucis longus paylari bilan birgalikda IV barmoqning ustki Yuzasiga yopishadi. Bu
muskulning bosh barmoqqa boruvchi medial qismi m. extensor hallucis brevis deb
ataladi.
F u n k s i y a s i. Barmoqlarni yozadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. peroneus profundus (LIV–SI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. dorsalis pedis.
320
Do'stlaringiz bilan baham: |