O„mrov osti muskuli (m. subclavius) o‗mrov suyagidan boshlanib I qovurg‗aga
yopishadi.
F u n k s i y a s i. O‗mrov suyagini pastga tortadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. subclavius dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. transversa scapulae, a. thoracoacromialis.
Oldingi tishli muskul (m. serratus anterior) keng, to‘rt qirrali muskul, Yuqori
qovurg‗alarning 8 va 9 tasidan alohida tishlar (bo‘laklar) shaklida boshlanib,
kurakning medial chetiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Muskul qisqarib kurakning pastki burchagini oldinga buradi va
qo‘lni Yuqoriga ko‘taradi. Qo‘l qimirlamay turganda qovurg‗alar ko‘tarilib, nafas
olish yengillashadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. thoracicus longus (CV–VIII)dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. thoracodorsalis, a. thoracica lateralis, aa. intercoctales
posteriores.
Do'stlaringiz bilan baham: |