VI – modelga tavsif
Bahor – kuz mavsumiga mo`ljallangan erkaklar syurtugi. Ushbu syurtuk
o`rta yoshdagi erkaklarga mo`ljallangan bo`lib, beqasam va sidirg`a matolaridan
tikilgan.
Silueti nimyopishgan. Uzunligi bo`ksadan pastda. Syurtuk astarli. Bezak
sifatida tushirilgan trafaretlar model eskiziga binoan.
Old bo`lak yaxlit bichilgan va bel qismida yaxlit vitochkasi bor. Old bo`lak
taklif modelga asosan modellashtirilgan, hamda tibbiyot xloridan foydalangan
holda trafaret tushirilgan. Old bo`lak taqilmasiz.
Ort bo`lak ikki qismdan iborat.
Yon bo`lagi sidirg`a matosidan yaxlit bichilgan.
Yengi o`tkazma yeng bo`lib, ikki chokli: ustki va ostki.
Yoqasi model eskizga binoan old bo`lak bilan yaxlit bichilgan tik yoqa
(Ilova 3.24 - rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |