13
1.2 O’zbekistonning geografik joylashishi, iqlimi va milliy matolarining
tahlili
Yoz kunlari odam organizmiga yuqori harorat ta‟sir etadi. Shuni alohida
ta‟kidlash lozimki, Markaziy Osiyo Respublikalarida ushbu muammo jiddiy
ahamiyatga ega. Keng miqyosda o‟tkazilgan ilmiy izlanishlar Markaziy Osiyo
regioniga taalluqli iqlimiy, gidrologik va ekologik muamolarga bag‟ishlangan.
Hozirgi vaqtga qadar mazkur hududga oid iqlimiy rayonlashtirishning variantlari
ishlangan bioiqlimiy xaritalar komplekti tuzilgan, turli iqlimiy va bioiqlimiy
ta‟riflar, atlas hamda ma‟lumotnomalar mavjud. Regionga xos atmosfera
jarayonlarining xususiyatlarini o‟rganish maqsadida tadqiqotlar o‟tkazilmoqda [9].
Do'stlaringiz bilan baham: