MUNDARIJA
Kirish .................................................................................................................. 4
1-BOB.
ELEKTROENERGETIKA
USKUNALARI
VA
QURILMALARINING TEXNIK ISROFI. ....................................................... 9
1.1.PAYVANDLASH
TRANSFORMATORNING
YUKSIZ
ISHLASHIDAGI QUVVATI ISROFLARI ..................................................... 9
1.2. YuKSIZ IShLASh QO‗ShIMChA ISROFLARI ...................................... 12
2-BOB. ELEKTR PAYVANDLASH QURILMALARI VA ULARNING
ELEKTR JIHOZLARI ..................................................................................... 14
2.1. ELEKTR PAYVANDLASH QURILMALARINING TURLARI VA
ELEKTR JIHOZLARI ..................................................................................... 14
2.2. ELEKTR BILAN PAYVANDLASh POSTLARINING TURLARI ....... 23
2.3. PAYVANDLASh TRANSFORMATORLARINING TUZILIShI VA
ULARNI IShLATISh ....................................................................................... 25
2.4.PAYVANDLASh
O‘ZGARTIRGIChLARINING
TUZILIShI
VA
ULARNI IShLATISh ....................................................................................... 31
2.4.1. TA‘MINLASh MANBALARINING TAShQI XARAKTERISTIKASI
.......................................................................................................................... 34
2.4.2.O‘ZGARUVChAN TOK PAYVANDLASh YOYINING ENERGIYA
MANBALARI.................................................................................................. 37
2.4.3. PAYVANDLASh YoYINI O‘ZGARMAS TOK BILAN TA‘MINLASh
MANBALARI.................................................................................................. 46
2.5. OSTsILLYaTORLAR VA IMPULSLI O‘ZGARTKIChLAR ............. 49
2.6. PAYVANDLASh TO‘G‘RILAGIChLARI .............................................. 53
2.6.1. KO‗P POSTLI PAYVANDLASH TO‘G‘RILAGICHLARI ................ 56
3-BOB. PAYVANDLASh QURULMASINI MASOFADAN VA KABEL
TARMOG‗I ORQALI BOShQARISh ELEMENTLARI, QURULMALRI VA
SXEMASI ........................................................................................................ 58
3.1.ANALOG ELEMENTLARI VA QURILMALARI .................................. 58
3.1.1. DISKRET ELEMENTLARI VA QURILMALARI .............................. 61
3.2.
PAYVANDLASh
QURILMALARNI
IShGA
TUShIRISh
APPARATLARI .............................................................................................. 65
4-BOB. IQTICODIY QISM ............................................................................ 74
XULOSA. ......................................................................................................... 75
PAYVANDLASH QURILMA ELEKTR ENERGIYADAN TEJAMKORLIK
BILAN FOYDALANISH BO‘YICHA CHORA TADBIRLAR .................... 76
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ......................................................... 77
4
Kirish
Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, O‗zbekiston mustaqillikka erishganidan
keyin ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor munosabatlariga o‗tish, mamlakatimizda
isloh etish va modernizatsiya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, Prezidentimiz yuksak demokratik talablarni
hayotimizga to‗liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga
erishish bilan chambarchas bog‗liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanini
ta‘kidlab, bunday darajaga ko‗tarilish hech qachon osonlikcha kechmasligini
uqtirib o‗tgan edi.[1]
Mustaqillik yillarida O‗zbekistonda chuqur tarkibiy o‗zgarishlarning
amalga oshirilishi natijasida respublikaning yonilg‗i-energetika resurslariga
bo‗lgan ehtiyoji ichki imkoniyatlar hisobidan to‗la ta‘minlandi. [2]
Prezidentimiz tomonidan respublikamiz iqtisodiyotini tubdan isloh qilish
dasturida belgilab berilgan kompleks tadbirlar biri bu:
Elektro energetika tizimini modernizasiya qilish, energiya iste‘molini
kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini
amalga oshirish.
- Elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya istemolini
kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini
amalga oshirish. Iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini yanada kuchaytirish, aholi
farovonligini yuksaltirish ko‗p jihatdan bizning mavjud resurslardan, birinchi
navbatda, elektr va energiya resurslaridan qanchalik tejamli foydalana
olishimizga bog‗likdir. Bugun Toshkent, Navoiy va Talimarjondagi uchta issiqlik
elektr stansiyasida mavjud bo‗lgan tejamkorligi past gaz qurilmalari o‗rniga
zamonaviy bug‗- gaz qurilmalarini barpo etish loyihalari ustida ish olib
borilmoqda. Albatta, bu loyihalarni amalga oshirish uchun kattagina investisiya
kerak bo‗ladi. Lekin issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda energiya manbalaridan
foydalanish hajmini jahon standartlari darajasida qisqartirishga erishadigan
bo‗lsak, bundan keladigan samara sarf qilingan xarajatlarni har jihatdan to‗la
5
qoplaydi. Shuning uchun ham ushbu loyihalar ijrosini jadallashtirish ustida qattiq
ishlash zarur. Mahsulot raqobatdoshligini ta‘minlash uchun ishlab chiqarishni
texnik va texnalogik yangilash bo‗yicha katta va kichik loyihalarni izlash, buning
uchun zarur mablag‗ va manbalarni topish - bu har bir korxona rahbarlari va
muxandis - texnik xodimlarining birinchi navbatdagi eng muhim vazifasi va
majburiyati bo‗lmog‗i kerak.[3]
Insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va uy ro‗zg‗or ehtiyojlari
elektrotexnologik qurilmalar bilan tobora to‗yinib bormoqda. Bunday to‗yinish
faqatgina mazkur qurilmalarga bo‗lgan ehtiyojning o‗sishi bilangina asoslanib
qolmasdan, balki uglevodorodli yoqilg‗i tan narxining Ma‘lum darajada oshishi,
tashqi muhitni muhofaza qilish bo‗yicha aniq choralar belgilash zaruriyati,
chiqindisiz
texnologiyalar
yaratish
kabilar
bilan
ham
bog‗liqdir.
Elektrotexnologik jarayonlarni rivojlantirish mamlakatimizning rivojlanib
borayotgan energetik tizimini, yangi elektr stansiyalari va yuqori quvvatli elektr
tarmoqlarini qurish orqali amalga oshiriladi.
Sanoatning samolyotsozlik va avtomobilsozlik sohalarida kontaktli
payvandlash usulini joriy etilishi, yig‗ish ishlarini yuqori darajada
mexanizatsiyalashga va oqibatda transport vositalarini tezkor ususlda
tayyorlashga olib keldi.
Ko‗plab texnologik jarayonlarni bajarish uchun mo‗ljallangan va
individual tartibida yoki seriyali ishlab chiqarilayotgan elektrotexnologik
qurilmalar o‗ziga xos tartibida sistemalashtirilgan. Ular, asosan turli sharoitlarda
namoyon bo‗luvchi, elektr toki va magnit maydonining pirovard ta‘siriga ko‗ra
guruhlarga bo‗lingan.
1. Elektr tokining pirovard issiqlik ta‘siriga asoslangan qurilmalar.
Kontaktli payvandlash qurilmalarida elektr energiyasi ikki detalning tutash
nuqtalaridagi o‗tish qarshiligida issiqlik energiyasiga aylanadi. Elektr yoy
payvandlash qurilmalarida ajralib chiqayotgan issiqlik enegrgiyasining asosiy
miqdori (quvvati) yoyning t a ya n ch nuqtalariga to‗g‗ri kelishi bilan birga
6
elektr yoy payvandlash jarayonining borishiga elektr yoyining ―ustun― qismi
ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.
2. Elektr tokining pirovard elektrokimyoviy ta‘siriga asoslangan qurilmalar.
Bunday qurilmalar toifasiga eritma yoki qorishma bilan to‗ldiriladigan elekroliz
vannalari, yuzalarga himoyalash yoki dekorativ qoplamalar beruvchi qurilmalar,
shuningdek galg‗vanoplastika usulida maxsulot olish qurilmalari va
elektrolitlarda elektrokimyoviy - mexanik ishlov berish qurilmalari kiradi.
3.Elektromexanik qurilmalar. Bunday qurilmalarda ishlov berilayotgan
materiallardan impuls rejimidagi tokning oqib o‗tishi mexanik kuchlar xosil
bo‗lishiga olib keladi.
Mazkur qurilmalarning maxsus sinfini ulg‗tratovush tag‗sirida ishlovchi
qurilmalar tashkil qilib, ulg‗tratovush generatorlaridan berilayotgan yuqori
chastotadagi mexanik tebranishlar ta‘sirida texnologik jarayonlar amalga
oshiriladi.
4. Elektrokinetik qurilmalar. Ularning ishlash prinsipi elektr maydon
energiyasini haraktadagi zarrachalar energiyasiga aylantirishga asoslangan.
Bunday qurilmalar toifasiga elektron - ion texnologiyalarga asoslangan elektr
filg‗trlari, poroshok materiallari va emulg‗siyalarni ajratish qurilmalari, elektr
bo‗yoqlash va oqava suvlarni tozalash qurilmalari kiradi.
Elektrotexnologik qurilmalarni yuqoridagi tartibda guruxlarga bo‗lish
yuqori darajada shartli ravishda amalga oshirilgan, chunki ko‗plab texnologik
jarayonlar bir paytning o‗zida bir necha energiya o‗zgarishi asosida amalga
oshiriladi. Bu esa o‗z o‗rnida elektrotexnologik jarayonlarining imkoniyatlarini
yanada ko‗pligini isbotlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |