IV. TERMODINAMIKANING BIRINCHI QONUNI VA
UNING IDEAL GAZLARGA TADBIQI
1. Ideal gazning ichki energiyasi deb nimaga aytiladi? U qanday omillar
asosida vujudga keladi?
2. Termodinamikada gazning «elementar» ishi qanday aniqlanadi? U
qanday parametrlarga bog’liq? Bu funktsional bog’lanishning turli
Termodinamik protsesslar (izoxorik, izobarik, adiabatik) uchun
analitik ifodasi qanday bo’ladi? Bu protsesslarda gazning ishi grafik
ravishda qanday aniqlanadi?
3. Gazning issiqlik sig’imiga, solishtirma issiqlik sig’imiga, molyar
issiqlik sig’imiga izoh bering.
4. Ideal gaz issiqlik sig’imi uning holatining o’zgarish protsessiga
bog’liqligini ko’rsating.
5. C
p
va C
V
orasida qanday munosabat bor? Bu issiqlik sig’imlarining
fizik ma’nosi qanday?
6. Gazning erkinlik darajalari soni deganda nima tushuniladi? Bu son
nimaga bog’liq? Bir atomli, ikki atomli, ko’p atomli gazlar uchun u
nimaga teng?
7. Termodinamikaning birinchi qonunini yozing. Bu qonun izoxorik,
adiabatik, izotermik, izobarik protsesslar uchun qanday ko’rinishlarga
ega?
8. Termodinamikaning birinchi qonuni qanday umumiy qonunning
ifodasi hisoblanadi?
9. O’zgarmas bosimdagi molyar issiqlik sig’imi o’zgarmas hajmdagi
molyar issiqlik sig’imidan qanday fizik kattalikka farq qiladi?
10.
R. Mayyer tenglamasini yozing. Gaz doimiysining fizik ma’nosi
nimadan iborat?
11.
berilgan gaz uchun
V
Р
С
С /
nisbat, agar gaz molekulalari
atomlarga parchalansa o’zgaradimi?
12.
berilgan gazning molyar va solishtirma issiqlik sig’imlari bir-biri
bilan qanday bog’langan?
13.
C
p
va C
V
issiqlik sig’imlarini aniqlash uchun qanday hollarda
issiqlik sig’imining klassik nazariyasi tasavvurlaridan foydalanish
mumkin?
85
14.
Ideal gaz issiqlik sig’imining qiymati qaysi oraliqlarda yotadi?
15.
Adiabatik protsessda temperatura va bosim orasidagi bog’lanishni
qanday topiladi? Uni RT koordinatalarda grafik ravishda tasvirlang.
16.
Qanday protsess adiabatik deyiladi? Qanday usullarda va qanday
farazlar yordamida adiabatik protsessni amalga oshirish mumkin?
17.
Agar gaz a) izotermik, b) adiabatik, v) izobarik kengaysa, uning
V
1
dan V
2
gacha kengayishini grafik ravishda solishtirish mumkinmi?
18.
Ideal gaz izobarik, izotermik, izoxorik, adiabatik protsesslari IT
koordinatalarda qanday tasvirlanadi? W – ideal gazning ichki
energiyasi.
19.
PW ko’paytma bir atomli gaz uchun ichki energiyaning 2/3
qismiga, ikki atomli gaz uchun 2/5 qismiga tengligini qanday
ko’rsatish mumkin? Buning uchun qanday munosabatlardan
foydalanish kerak?
20.
Adiabatik protsessda adiabata ko’rsatkichi bir atomli gaz uchun,
ikki atomli gaz uchun va ko’p atomli gaz uchun nimaga teng?
21.
Ideal gaz P=BV
n
; n<1 qonuni bo’yicha kengaysa isiydimi yoki
soviydimi? B – o’zgarmas kattalik.
22.
Ideal gaz bajaradigan ish gazning issiqlik sig’imiga (gaz
molekulasidagi atomlar soniga) bog’liqmi? Buni molekulyar-kinetik
nazariya asosida tushuntiring.
23.
Qanday protsesslarda sistema ichki energiyasi o’zgarmasdir?
Qanday sharoitda sistema energiyasining o’zgarishi sistema bajargan
tashqi ishga teng bo’ladi? Sistema sifatida ideal gaz qaralsa ichki
energiya o’zgarishi qanday bo’ladi?
24.
Adiabatik va izotermik protsesslarda ideal gaz bajargan ish
formulasini yozing.
25.
Nima uchun velosiped nasosi shinaga havo haydaganda qiziydi?
26.
Izotermik protsessda gazning issiqlik sig’imi qanday bo’ladi?
27.
Bir xil massali a) argon va geliy; b) argon va kislorod bir xil
sharoitda 10
0
ga isitildi. Qaysi gazni isitish uchun ko’proq issiqlik
talab etiladi?
28.
Gazni issiqlik uzatmay isitish mumkinmi? Gazni issiqlik
chiqarmay isitib bo’ladimi?
29.
Gazning issiqlik sig’imi manfiy bo’lishi mumkinmi?
30.
Qanday usullar bilan gazning ichki energiyasini o’zgartirib
bo’ladi?
31.
Gazni qanday sovitish qulay: izobarikmi yoki izoxorikmi?
86
1> Do'stlaringiz bilan baham: |