56 BALLDAN KAM (QONIQARSIZ) BAHOLASH BO’YICHA
TALABLAR
1. Fanning mavzulari va topshiriqlarining maqsad va mazmuni haqida
yuzaki tasavvurga ega;
2. Topshiriqlar hajmining 50 foizi atrofidagi qismi bajarilmagan holda;
3. Topshiriqlar bo’yicha olingan natijalarda qo’pol hatoliklarning
mavjudligi;
107
4. Qonun-qoida, nazariya va taxminlar, tushunchalar va tasavvurlarda
noaniqlika yo’l qo’yilganda;
5. Hisobotlar bayonida orfografik va grammatik hatoliklarga yo’l
qo’yilganda;
6. Topshiriqlar bo’yicha javoblarda mujmallik, noaniqlik va mantiiqiy
chalkashliklar qayd etilganda;
7. Ilmiy hatoliklarga yo’l qo’yilganda.
Agar universitet fizika-texnika fakul’tetining fizika va fizika-
astronomiya yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalar, o’zlashtirishning 100
ballik reyting baholash tizimida «Molekulyar fizika va Termodinamika»
bo’limini o’zlashtirishlarini 85-100 ball (5) a’lo bahoga o’zlashtirmoqchi
bo’lishsa, talabalarga mo’ljallangan mazkur uslubiy ko’rsatmadagi barcha
(44-49, 54-58, 59-60, 66, 78, 84-91, 91-94, 94-107-betlardagi) topshiriqlarga
to’liq javob berishlari kerak.
Agar talabalarning o’zlashtirishlari 71-85 ballgacha javob bera olsa, ular
topshiriqlarni 85 foiz bandlariga to’la javob berishgan bo’ladi.
Agar 56-75 ballgacha talabalar o’zlashtirishlari uchun topshiriqlarni 75
foiz bandlariga javob berishlari kerak.
Uslubiy ko’rsatmadagi 56 foiz savollarga javob bera olsalar, ular to’la
100 ballik sistemada 56 ball to’plagan bo’ladilar.
Hurmatli talabalar! Sizlar «85-100» ball «5» a’lo, «76-85» ball «4»
yaxshi, «56-75» ball «3» qoniqarli baho olmoqchi bo’lsangizlar, quyida
ko’rsatilgan baholash tizimi bo’yicha berilgan ko’rsatmalarga amal qiling:
1. Kursning asosiy dasturi – 20 ta mavzuga oid savollardan iborat bo’lib,
har-bir savol bir necha savollardan tuzilgan. Bu savollarning har-biriga to’liq
javob uchun – (0,1¼1,00) ballgacha, ya’ni (6 -20) ball. (44-bet).
2. Umumta’lim maktablari, A.L hamda KHKlarining dasturi bo’yicha
topshiriqlar 6 ta mavzuga ajratilgan bo’lib, ularda 32 ta savoldan tashkil
topgan. Shu savollardan har bir javob uchun (0,3 ¼ 0,6) ballgacha, ya’ni (9,6-
11,2) ball. (45-49-bet).
3. O’tilgan mavzularni o’zlashtirish uchun berilgan savollar (54-58-bet)
80 ta bo’lib, bu savollarning har-biri uchun – (0,1-0,2) ballgacha, ya’ni (8,0 -
16) ball.
4. Oraliq nazorat savollari 22 ta savoldan va ularni tashkil etgan savollar
to’plamidan iborat har-bir savolga to’liq javob uchun (0,3–0,5) ballgacha va
umumiy ball (6,6-11) ballni tashkil qiladi (91-94-betlar).
5. Amaliy mashg’ulot bo’yicha – Umumta’lim maktab fizikasi, AL lar
va KHKlariga hamda oliy o’quv yurti talabalari uchun mo’ljallangan
V.S.Vol’kenshteyn masalalar to’plamidan ya’ni –(59-60-betlar)
R. Rimkevich – 115 ta masala har bir to’liq echilgan masala uchun x
0,01 balldan, ja’mi 1,15 ball.
108
K. Tursunmedov – 121 ta masala har bir to’liq echilgan masala uchun x
0,015 ball, ja’mi 1,07 ball.
V.S.Vol’kenshteyn – 320 ta masala har bir to’liq echilgan masala uchun
x 0,02 balldan, ja’mi 6,4 ball.
Keltirilgan adabiyotlardan to’liq echilgan masalalar uchun (4,8-8,6) ball
to’planadi.
6. «Molekulyar fizika va Termodinamika» bo’limiga oid bajarilishi lozim
bo’lgan 16 ta laboratoriyaning har-biriga to’liq bajarilgani va topshirilganligi
uchun (1,6-4,8) ballgacha baholanadi (66-bet).
7. Mustaqil tayyorgarlik ko’rish uchun 12 ta seminar mavzusi berilgan,
barcha seminar mavzulariga oid savollar to’plami mavjud. Har-bir seminarga to’liq
yoritilganligi va javoblar uchun (0,8-1) ballgacha, ja’mi (9,6 -10,8) ball beriladi
(84-91-betlar).
8. Talabalarni mustaqil ta’lim olishlari va bilimlarini mustahkamlash uchun
«Molekulyar fizika va Termodinamika»ga oid 205 ta savollar berilgan. Bu
savollarning har-biri uchun berilgan javobga (0,03 – 0,05) ballgacha, ja’mi (6-
10,2) ball baholanadi (94-107-betlar).
Sizlarga ko’p mehnat talab qiladigan, mazmunli o’quv faoliyatingizda va
shaxsiy hayotingizda katta yutuqlar tilaymiz.
109
Do'stlaringiz bilan baham: |