II Bob. “Qisasi Rabg`uziy” asarida qo‘llangan ot va fe’l turkumiga
mansub so‘zlarning polisemantik tabiati.
2.1
Ot so‘z turkumiga mansub so‘zlarning polisemantik xususiyatlari.
Tarixiy-badiiy manbalar leksikasini o‘rganish yozma asarlar yaratilgan davr
adabiy tiliga xos xususiyatlar, lug‘aviy sath taraqqiyoti, leksik birliklar
semantikasini yoritishda ahamiyatlidir. Yozma yodgorliklarda muayyan davr
adabiy tili lug‘at fondining asosiy qismi aks etadi. Shu bilan bir qatorda, muallif
mahoratining o‘ziga xos qirralari namoyon bo‘ladi. Eski turkiy tilning leksik
xususiyatlarini o‘zida mujassamlantirgan, ijodkor mahoratining yuksak namunasi
bo‘lgan yozma manbalardan biri “Qisasi Rabg‘uziy”dir. Bu asar XIII-XIV asr tili
xususiyatlari haqida yetarlicha ma’lumot bera oldigan manba hisoblanadi.
Undagi polisemantik so‘zlarni tahlilga tortishdan avval, polisemiya
hodisasining tilshunos-olimlarimiz tomonidan berilgan ta’riflariga, izohlariga
to‘xtalamiz.
So‘zlar bir yoki birdan ortiq ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Bir ma’nolilik
hodisasi monosemiya, ko‘p ma’nolilik hodisasi esa polisemiya deb ataladi. Har
ikkala hodisa ham so‘zning semantik qurilishiga xos hodisalardir.
Til hodisasi sifatida monosemiyaning emas, balki polisemiyaning
o‘rganilishi ko‘proq nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki
umumiste’moldagi so‘zlarning asosiy qismi ko‘p ma’nolidir.
Polisemiya deyarli barcha so‘z turkumlariga xos hodisadir: til-muloqot
vositasi, til-dushman asiri, til-dehqonchilik tili – sir kabilar. Bu yerda omonimiya
emas, aynan ko‘pma’nolilik hodisasi yuz bergan. Ya’ni so‘z o‘z lug‘aviy
ma’nosidan uzoqlashmagan holda yana boshqa bir ma’noni ifodalashga xizmat
qilishi-bu polisemiyadir.
Mavjud adabiyotlarda ko‘p ma’nolilik (polisemiya) ikki asosiy yo‘l bilan
paydo bo‘lishi aytiladi:
1) so‘zning yangi ma’no (ma’nolar) kasb etishi natijasida;
33
2) ko‘p ma’noli so‘zdagi yoki ko‘p ma’noli affikslar vositasida so‘z yasalishi
natijasida: y er-zemlya, yer-maydon, yer-joy, yer-(boshqa yerda gaplashaman)
o‘rin, vaqt, holat.
Yer so‘zi dastlab xuddi boshqa so‘zlar kabi bir ma’noli bo‘lgan. Uning
hozirgi tildagi ma’nolari esa shu so‘z semantik qurilishining taraqqiyoti natijasidir.
Polisemantik so‘z qancha ma’noga ega bo‘lmasin, bu ma’nolar o‘zaro
bog‘langan bo‘ladi. Xuddi shu xususiyat ko‘p ma’noli so‘zni omonimlardan
farqlaydi. Polisemantik so‘z ma’nolari orasidagi aloqa uzilsa (yo‘qolsa), omonim
vujudga keladi: gap.
Til taraqqiyoti jarayonida, uning barcha sohalarida va hodisalarida bo‘lgani
kabi, so‘zning semantik qurilishida ham o‘zgarish bo‘ladi:
a) yangi ma’no paydo bo‘ladi;
b) ma’no yo‘qoladi.
So‘z ma’nosining rivojlanishi sifat va miqdor o‘zgarishiga, hattoki tildan
umuman tushib qolishiga olib keladi: uchmoq-ko‘z, varrak-samalyot, osh-palov
kabi.
So‘zlar bir-biriga o‘xshashligi, yaqinligi va nutq situatsiyasida (kontekstda)
ishlatilishiga ko‘ra ma’nolarini o‘zgartirishi mumkin. So‘zning ko‘chma
ma’nolarda ishlatilishi barcha tillar uchun xosdir. So‘z ma’nosining ko‘chish usuli
to‘rt xil bo‘ladi: metafora, metonimiya, snekdoxa, funksional ko‘chish (pero-g‘oz
Do'stlaringiz bilan baham: |