28-MAVZU
JISMLARNING MASSA MARKAZI
VA UNI ANIQLASH. MUVOZANAT TURLARI
Quyidagicha tajriba o‘tkazaylik. Kartondan qirqilgan varaq olib,
uning ixtiyoriy nuqtasidan igna yordamida ip o‘tkazaylik. Ipning
ikki uchini shtativlarga bog‘laylik. Bunda varaq 53-rasmda
ko‘rsatilgan holatda qoladi. Uni o‘z o‘qi atrofi da biroz burib qo‘yib
yuborilsa, yana dastlabki holatiga qaytadi. Endi varaqning o‘rtasidan ip
o‘tkazib yana shtativga bog‘laylik (54-rasm). Bu holda varaqni qancha
aylantirib qo‘ymaylik, qo‘yilgan holatida o‘zgarishsiz qolganligini ko‘ramiz.
Shu holatda topilgan nuqtaga jismning massa markazi deyiladi. Jismning
bu nuqtasida xuddi barcha massa to‘plangandek bo‘ladi.
Shunga o‘xshash tajribalar yordamida aniqlanishicha, turli geometrik
shaklga ega bo‘lgan jismlarning massa markazlari quyidagicha bo‘lar ekan:
85
53-rasm.
54-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |