Amaliy topshiriq
Stakan yarimigacha suv quying. Og‘zini qog‘oz bilan berkitib,
qo‘l bilan qog‘ozni tutib stakanni ag‘daring. Stakandagi suv
to‘kilmaydi. Sababini tushuntiring.
1. Atmosfera bosimi mavjudligini yana qanday tajribalar tasdiqlaydi?
2. Nima sababdan atmosfera bosimi o‘zgarib turadi?
3. Atmosfera bosimi Yerdan yuqoriga ko‘tarilgan sari qanday o‘zgarib boradi?
24-MAVZU
ARXIMED QONUNI VA UNING QO‘LLANILISHI
Suvga mix yoki kichkina tosh tashlansa, cho‘kib ketadi. Lekin katta
yog‘och g‘o‘la, qayiq va ulkan kemalar suvda suzib yuradi. Bunga sabab
nima? Quyidagi tajribani o‘tkazib ko‘raylik.
Dinamometrga suvda cho‘ kadigan biror jismni osib, uning og‘irligini
o‘lchaylik. So‘ngra uni suvli idishga tushiraylik (39-rasm). Bunda
dinamometr ko‘r satishi ka maygan ligini ko‘ra miz. Agar jism zichligi suvni-
kidan katta bo‘l gan boshqa su yuqlikka botiril sa, dinamometr ko‘rsatishi
yanada kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |