18-MAVZU
JISMLARNING O‘ZARO TA’SIRI HAQIDA
MA’LUMOTLAR. KUCH
Atrof-muhitga qarasangiz, hamma narsa bir-biriga ta’sir ko‘rsatganligini
ko‘ramiz.
Yuqoriga otilgan tosh yana qaytib Yerga tushadi. Chunki uni Yer
o‘ziga tortib turadi. Temir bo‘lagiga magnitni yaqinlashtirsak, uni tortib
oladi. Koptokni devorga otsak, undan sapchib qaytadi. Yurib ketayotgan
avtomobil motori o‘chirilsa, biroz yurib to‘xtaydi. Bunda yo‘l bilan
g‘ildiraklar orasidagi ta’sir tufayli tezligi kamayadi. Bu ta’sirlashishlar
tufayli jismning tezligi o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |