mexanik harakat deb ataymiz.
Mexanik harakat deb, jismlarning vaqt o‘tishi bilan fazoda joy-
lashgan o‘rnining boshqa jismlarga nisbatan o‘zgarishiga aytiladi.
Bu yerda biz boshqa jismlar deganda daraxtni, binoni, poyezd vagoni
o‘rindig‘ini va h.k.larni tushunamiz. Jismning turgan o‘rni mana shu
tanlan gan jismga nisbatan vaqt davomida qaralganligidan uni sanoq jismi
deb ataymiz. Tanlangan sanoq jismi bir jismga nisbatan harakatsiz bo‘lsa,
boshqa jismga nisbatan harakatda bo‘lishi mumkin. Masalan, sanoq jismi
sifatida Toshkent dan Samarqandga borayotgan poyezdni olsak, unda odam
poyezd vagoniga nisbatan harakatsiz bo‘ladi. Lekin vagonning o‘zi yerga
nisbatan harakatda. Shu sababli jismlarning harakatini o‘rganishda, albatta,
sanoq jismi tanlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |