51-MAVZU
LABORATORIYA ISHI. YASSI KO‘ZGU YORDAMIDA
YORUG‘LIKNING QAYTISHINI O‘RGANISH
Kerakli asboblar. 1) yassi ko‘zgu o‘rnatilgan optik disk; 2) nurli
ko‘rsatkich yoki 3–6 volt kuchlanishga mo‘ljallangan cho‘g‘lanma elektr
lampochkasi; 3) o‘lchamlari 160 × 200 mm bo‘lgan oq qalin qog‘oz.
Ishni bajarish.
115-rasm.
1. 115-rasmda ko‘rsatilgan qurilma yig‘iladi. Optik disk
o‘rtasiga yassi ko‘zgu o‘rnatiladi.
2. Nurli ko‘rsatkichni (yoki cho‘g‘lanma elektr lam-
pochkasini) optik disk chetiga mahkamlab, undan ko‘zguga
yorug‘lik tushiriladi.
3. Tushish burchagini o‘zgartirib, ularga mos kelgan
qaytish burchaklari aniqlanadi. Natijalari sinf doskasiga
yozib boriladi.
4. Tushish burchagi va qaytish burchaklari teng ekanligi
tekshiriladi.
5. Oq qalin qog‘ozni qaytayotgan nur tomondagi diskka yopishadigan
qilib qo‘yiladi. Shunda qog‘oz yuzida qay tayotgan nur ko‘rinib turadi.
Qog‘ozni biroz burilsa, qaytgan nurning boshlanishi ko‘rinadi. Bu
hodisadan xulosa chiqariladi.
151
Do'stlaringiz bilan baham: |