1. Bimetall plastina. 76-rasmda bir-biriga parchinlab mahkam
langan
ikkita – mis va temir plastina kel tirilgan.
Bu plastinada mis va temir issiq likdan turlicha kengayadi. Bunday plastina
qizdi rilsa, plastina temir tomonga, sovitilsa mis tomonga egiladi. Plastinani
juda yuqori temperaturagacha yoki past temperatura gacha sovitilsa nima
bo‘ladi? Bu haqda o‘ylab ko‘ring.
Uning ba’zi bir qo‘llanilishlari haqida to‘xtalib o‘taylik. Uyda
ishlatiladigan sovutkich yoki elektr dazmol ishiga razm solsak, sovutkich
ma’lum bir vaqt ishlaganidan so‘ng to‘xtaganini, dazmol ham qiziganidan
so‘ng qizil chirog‘i o‘chganligini ko‘ramiz. Chunki unda bimetall
plastinkali tokni uzib-ulovchi qurilmasi bor. Uning ishlash tamoyili
77-rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |