O. T. Alyaviya, s h. Q. Q o d ir o V, A. N. Q o d ir o V, s h. H. H a m r o q u L o V, E. H. H a u L o V



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/243
Sana07.07.2021
Hajmi13,57 Mb.
#112049
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   243
Bog'liq
Normal fiziologiya (O.Alyaviya va b.) (1)

lo ka l ja v o b  shaklida qo‘shiladi.
Lokal (mahalliy) javob o ‘z  xossalariga ko‘ra harakat potensialidan keskin farq 
qiladi. Lokal javobning kelib chiqadigan aniq bo‘sag‘asi yo ‘q. U «bor yoki yo‘q» 
q o nuniga  b o ‘ysunmaydi,  aksincha  u  kuch  qonuniga  b o ‘ysunadi.  Bu  shunday 
ifodalanadiki,  lokal javob  am plitudasi  harakat potensialidan  farq  qilib,  berilgan 
stim ulning kuchiga bog‘liq, stim ul qancha yuqori b o isa , lokal jav o b  ham shuncha 
katta bo'ladi. Lokal javob paytida to ‘qim aningqo‘zg‘aluvchanligi ortgan boMadi, 
harakat potensiali esa qo‘zg‘aluvchan!igining kamayishi bilan davom etadi.
H arak at  potensiali  kabi  lokal  ja v o b   ham  m em brananing  natriy  ionlari 
o ‘tkazuvchanligining ortishidan va hujayra ichiga kiradigan shu ionlar oqimining 
kuchayishidan kelib chiqadi. Lekin, 
l o k a l  
javobda membrananing natriy ionlarining 
o ‘tk azu v ch an lig i  kam  o sh ad i  va  shuning  uchun  harakat  p otensiali  yuzaga 
chiqm aydi.  Depolyarizatsiya  kritik  darajaga  yetgandagina  lokal  javob  harakat 
potensialiga aylanadi.
22
www.ziyouz.com kutubxonasi


5-rasm. Nerv tolasida lokal javob:
A, B v a D -  bo 'sag ‘adan past tok qisqa vaqt ta 'sir etilganda nerv tolasida membrana 
potensialining o ‘zgarishlari.
« B o r yoki  yo‘q»  qonuni.  Bu  qonuniyatni  birinchi  bo'lib,  G.  B oudich  baqa 
yuragini tekshirib kashf etgan. K eyinchalik bu qonuniyat boshqa q o ‘zg ‘aluvchan 
to'qim alarda ham kuzatilgan.  Bu qonunga k o ‘ra, ta’sir bo‘sag‘adan  past ta ’sirlar 
q o ‘z g ‘alish ig a  sabab  bo‘lmaydi  bu  -   « y o ‘q»  qonuni,  b o ‘sa g ‘a  stim ullariga 
qo‘zg ‘alish darhol maksima! kattalikka yetadi, bu -  «bor» qonuni va ta ’sir yanada 
kuchaytirilganda ham «effekt» oshm aydi.
Bu  qonunga  asosan  «yo'q»  b o ‘sag ‘adan  past  stimulga  q o ‘zg ‘alish  butunlay 
kelib chiqmasligini bildiradi, deb faraz qildilar. «Bor» bo‘sag‘aga esa q o ‘zg‘aluvchan 
to'qim a potensial imkoniyatlarini batam om  tugatganliginining ifodasi, deb qaraldi. 
Keyinchalik mikroelektrodlar bilan o lib borilgan tadqiqotlar, ta ’sir etuvchi stimul 
kuchi  b o ‘sag ‘aga  yaqin  bo‘lganda,  shu  t a ’sirlangan  qism ida  tarqalm aydigan 
mahalliy (lokal) javob yuzaga chiqishi aniqlandi.
Bundan  tashqari,  nerv va  m uskul  tolasidagi  harakat potensiali  yuksalib yeta 
oladigan maksimum «bor»ning m iqdori ham  o'zgaruvchan em as, q o ‘zg‘aluvchan 
to'qim alam ing fiinksional holatiga qarab u m a’lum chegaradan ortib yoki kamayib 
turadi.  Bunga  sabab,  tirik  hujayrada  m em brana depolyarizatsiyasining taraqqiy 
etishini  faol  ravishda  to 'x tatib   turadigan jarayonlar  ro ‘y   b eradi.  Birinchidan, 
inaktivatsiyajarayoni membrananing Na" ionlarining o ‘tkazuvchanligini kamaytiradi, 
ikkinchidan, membrananing K+ ionlarining o ‘tkazuvchanligining oshiruvchi jarayon 
yuz beradi. Membrananing natriy ionlarini o ‘tkazuvchanligining ortishiga qanday 
b o ‘!masin  to'sqinlik  qilinsa  yoki  aksincha,  kaliy  ionlarining  o ‘tkazuvchanligi 
osonlashtirilsa,  harakat  p otensialining  amplitudasi  kam ayadi.  M embrananing 
ionlam i o ‘tkazuvchanligi qaram a-qarshi tomonga o'zgarsa, harakat potensialining 
am plitudasi ortib ketadi.
N erv tolasiga kokain, novakain, uretan kichik m iqdorda ta ’sir etilganda harakat 
potensialining amplitudasi  kam ayishi  bilan  bir qatorda,  «bor yoki  yo‘q»  qonuni 
ham buziladi. Bu shunday ifodalanadiki, nerv tolasining ta ’sirga beradigan javoblari 
lokal ja v o b  bilan normal harakat potensiali o ‘rtasidagi oraliq shakliga kiradi. Intakt 
nerv tolasida tok kuchi ortganda faqat lokal javoblar ortadi, lekin potensiallarining 
amplitudasi ta ’sirlovchi stim ulningkuchiga bog‘liq boMmaydi. Bunga qarama-qarshi 
o ‘laroq, kuchsiz narkozlangan nerv tolasida yoki z a if to k  katodi ta’sir etib turgan
23
www.ziyouz.com kutubxonasi


to la d a   bo‘sag‘a  ta ’siri  o s tid a   k elib  fhiqadigan  harakat  potensiallari  kichik 
amplitudali bo‘ladi, am m o stimullar kuchiga ortib borishi bilan bu potensiallar sekin- 
asta kattalashib boradi.
Shuning uchun «bor yoki y o ‘q» qonuniga qo‘zg‘aluvchan to ‘qimaning ta’sirga 
ja v o b   b erishining  u m u m iy   q o n u n i  deb  qaralm asdan,  tarqaluvchi  harakat 
potensialining  xususiyatlarini  ta ’riflab  beruvchi  qoida,  deb  qarash  maqsadga 
muvofiq boMadi.
Q o 'z g ‘alishda  to 'q im a   q o ‘zg 'a lu vch a n !ig in in g   o 'zg a rish ia ri.  H ujayra 
membranasida harakat potensialining yuzaga chiqishi qo‘zg‘aluvchanlikko‘p fazali 
o ‘zgarishlari  bilan  birga boradi.  Bu  o ‘zgarishlami  o ‘rganish  uchun  ikkita qisqa, 
am m o kuchli elektr stimul beriladi, qo ‘zg ‘aluvchan to ‘qima hujayra membranasiga 
bu stim ullar ketma-ket uzatiladi va harakat potensiali qayd qilinadi.
Harakat  potensialining  avjiga  chiqish  davri  mutlaq  refrakter  fazaga  to‘g‘ri 
keladi, bu fazada qo‘zg‘aluvchanlik butunlay yo'qoladi. Bu fazada ikkinchi ta ’sir 
har qancha kuchli bo‘lsa ham, yangi harakat potensialini keltirib chiqara olmaydi. 
Bu  fazaning  kelib  chiqishiga  harakat  potensiali  generatsiyasi jarayonida  natriy 
tizimining inaktivatsiyasi va kaliy ionlarining o‘tkazuvchanligi ortishi sabab bo‘ladi. 
M utlaq refrakter faza davomiyligi turü q o ‘zg‘aluvchan to ‘qimalarda har xil bo'ladi 
(nerv tolalarida 0,5 ms, yurak muskullarida 250-300 ms).
H ujayra membranasi repolyarizatsiyasi natriy ioni kanallarini reaktivatsiyaga 
uchratadi, shu bilan birga kaliy ionlarining o‘tkazuvchanligi pasayadi. Bu nisbiy
jarayon 
iz potensiali
generatsiyasi vaqtida 
qo‘zg‘aJuvchanlikning 
o'zgarishiari (B. I. Xodorov
I  1  <  » 
«  *  i  «  t  »  i  *  i  H
  I  t  »  I  i . 1   i 
I  1  I  1  1  L l   1 . 1

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish