73
3.2.Olingan natijalarning metodik taxlili
O‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini o‘stirishda didiatik o‘yinlarning roli
katta. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda didaktik o‘yinlar alohida ahamiyat kasb
etadi. Shuning uchun ham maktab islohotlarining asosiy yo‘nalishlarida
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga berilayotgan bilimlarni o‘quvchilarning yosh
xususiyatlariga muvofiq o‘yin tariqasida uyushtirilishi muhim a\amiyatga ega
ekanligini qayd etadi.
Darhaqiqat, o‘yin va maktab yoshidagi bolalarga o‘smirlarga ta’lim-tarbiya
berishning tardision va sinalgan metodiga kiradi. Bu metodning qimmati
shundaki,o‘yin faoliyatidagi ta’lim beruvchi va tarbiyalanuvchi funksiyalar o‘zaro
uzviy bog‘langan bo‘ladi.
O‘quvchilar faqat matematikadan programma materiallarini o‘zlashtiribgina
qolmay, atrof muhitni, voqea va jarayonlarni kuzatishga, solishtirishga, fikrlashga
o‘z xulosalarini asoslashga matematik til bilan so‘zlashishga o‘rganishlari kerak.
O‘quvchilarda zarur bo‘lgan iqtidor va matematik malakalarning
shakllanishini o‘yindan boshlash maqsadga muvofiqdir. Didaktik o‘yinlar darsga
ishni indivtduallashtirish, har bir o‘quvchining kuchiga mos topshiriq berish, uning
qobiliyatlarini maksimal o‘stirish imkoniyatini beradi. O‘yin o‘quvchilarda
ma’suliyat, kollevivizm hissini tarbiyalaydi.
O‘qituvchi programma mazmuniga muvofiq, o‘yin jarayonini tashkil qilishda
o‘quvchilar faoliyatlarini aniq qilib planlashtirish, ularni qo‘yilgan maqsadga
erishishiga yo‘naltirishi, topshiriq belgilangandan so‘ng uning qoidalarini ko‘rsatib
berishi kerak. O‘qituvchi darsga tayyorlanishi jarayonida oldindan zarur didaktik
materiallarni tayyorlab qo‘yishi, o‘yin vaqti, uni uyushtirishni nazorat qilishi,
yakunlar va baholash kabi barcha tadbirlarni belgilab olishi kerak.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari avvalo didaktik o‘yinlardan o‘zlari xabardor
bo‘lishlari va ulardan muvafaqqiyatli foydalanish yo‘llarini bilishlari lozim.
Biz Asaka shahriga qarashli 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga bir necha savollar bilan murojaat qilib ularning
74
didaktik o‘yinlardan foydalanish darajalarini o‘rganishga qaror qildik. Jami 50 ta
o‘qituvchiga anketa savollari bilan murojaat qildik. Anketadagi savollar
quyidagicha bo‘lgan.
1. O‘quvchilarni bilimga qiziqtirishga didaktik o‘yinlarni ahamiyatini
ayting?
2. Qanday didaktik o‘yinlarni bilasiz?
3. Qaysi sinflarda didaktik o‘yinlardan foydalanasiz?
4.Qaysi predmetlarni o‘qitishda ko‘proq didaktik o‘yinlardan foydalanasiz?
5. Ta’limning qaysi bosqichlarida didaktik o‘yinlardan foydalanasiz?
6. Didaktik o‘yinlarni tanlashda o‘quvchilar yordami bo‘la oladimi?
7. O‘yin bilan o‘qish bir-biriga bog‘liqmi? Bog‘liq bo‘lsa misollar ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: