Dala qo‘ypechagi – (Convolvulus arvensis). Yer bag‗irlab yoki chirmashib
o‗suvchi, poyasining uzunligi 40–100 sm gacha yetadigan o‗simlik. Hayot
shakliga ko‘ra ko‗p yillik o‗t o‗simlik.
Barglari yoysimon, nayzasimon, o‗tkir uchlidir. Barg bandiga ega o‗simlik.
Gullari 1–2 tadan bo‗lib barg qo‗ltig‗idan chiqqan gulbandiga o‗rnashgan, oq
yoki oqish pushti rangli. May–avgust oylarida pishadi. Mevasining tashqi
ko‗rinishi keng tuxumsimon, tuksiz uzunligi 6–8 mm. Qo‘ypechak bo‗z va qum
aralash soz tuproqli nam yerlarda yaxshi o‗sadi. Bu o‗simlikni qorako‗l qo‘ylari,
echki, qoramollar yaxshi yeydi. Bu o‗simlik daryo yoqalarida dominant tur
sifatida ko‗p o‗sadi.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |