Oddiy oqkarrak.-(Onopordon accenthium) Hayot shakliga ko‘ra ikki
yillik o‗simlik. Poyasi sershox, tik o‗sadi, bo‗yi 80–120 sm. Ildizi yug‗onlashgan
o‗q ildiz. Ildiz bo‗g‗zidagi barglari cho‗ziq–tuxumsimon, asosiy barglari
nashtarsimon, chetlari tikanli, arratishli, navbatlashib joylashgan. Gullarining
rangi to‗q qizil ko‗rinishda, savatchalari shoxlarining uchida 13 tadan, bandsiz
to‗pgul hosil qiladi. Mevasi kulrang yoki ba‘zan jigarrang urug‗cha shaklida.
Iyun–sentabr oylarida gullaydi va meva hosil qiladi. Ko‗payishi urug‗lari orqali
amalga oshadi. Urug‗larining unib chiqishi uchun 20–25C harorat optimal
miqdor hisoblanadi. Oddiy oqkarrak Sho‘robsoyning barcha maydonlarida
uchraydi. O‗simliklar qoplamida unchalik qalin bo‗lmagan holda mavjud bo‗lib,
mahalliy aholi asosan chorvachilikda yem xashak sifatida ishlatadi.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |