Bog'liq Dunyo dinlari tarixi. 10-sinf (2017, Z.Islomov, D.Rahimjonov)
ARVOH (ar.) – ruhning ko‘plik shakli.
ASH’ARIYLIK – islom dini sunniylik yo‘nalishidagi ikki aqidaviy maktab-
ning biri.
ATEIZM (grekcha atheos — xudosiz) – lug‘aviy ma’nosi Xudodan yuz o‘gi-
rish, Xudoni inkor etgan holda inson aql-idrok kuchini iqror etish demakdir.
BANU ISROIL («Isroil o‘g‘illari») – yahudiy xalqining nomlaridan biri. «Ib-
tido» kitobida keltirilishicha, bugungi kunda barcha yahudiylarga nisbatan
ishlatiladigan «Isroil o‘g‘illari» nomi Ya’qub payg‘ambarga Xudo tomoni-
dan berilgan.
BIBLIYA (yunoncha — «kitoblar») – yahudiylik va xristianlik dinlarining asosiy
muqaddas manbasi. Yahudiylar «Bibliya»si «Kitve kadesh» va «Tanax» ham
deb nomlanadi. Xristianlar tomonidan tan olinadigan Bibliya «Qadimgi Ahd»
va «Yangi Ahd»dan iborat bo‘lib, umumiy hisobda 66 kitobdan tarkib topgan.