IJODIY FAOLIYAT
Berilgan matnni diqqat bilan o‘qing. Undagi xalqimizga azaldan xos
bo‘lgan bag‘rikenglik an’analari haqida fikr bildiring:
«Bizning davlatimiz ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali davlat. Bugungi kun
da mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzand
laridek ahil va inoq yashashmoqda. Bu borada, hech shubhasiz, xalqimizga
azaldan xos bo‘lgan bag‘rikenglik an’analari muhim rol o‘ynamoqda».
2001yilda ter
rorchilik oqibatida
buzib yuborilgan
minoralar o‘rniga
qurilgan milliy me
morial va muzey.
NyuYork
119
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 1998-yil 1-mayda yangi tah-
rirda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun-
da mazkur yo‘nalishdagi faoliyatning huquqiy asoslari mujassam etilishi bilan
birga din niqobi ostida ekstremistik g‘oyalarning tarqalishiga chek qo‘yildi.
Respublikamiz ekstremizm va terrorizm hamda uni moliyalashtirish bilan
uzviy bog‘liq bo‘lgan narkobiz nes va narkotrafikka qarshi kurashda ham qat’iy
siyosat olib bormoqda. 1999-yilda «Giyohvandlik vositalari va psixotrop mod-
dalar to‘g‘risida»gi, 2000-yilda «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi va
2006-yilning 1-yanvaridan amalga kiritilgan «Jinoiy faoliyatdan olingan daro-
madlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish
to‘g‘risida»gi qonunlar ning qabul qilingani ham fikrimizni tasdiqlaydi.
O‘tgan yillar davomida respublikamiz terrorchilikka qarshi kurash bi-
lan bog‘liq qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qildi. Jumladan, 2000-yil
24-aprelda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov
tashabbusi bilan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston,
Aqidaparastlik (arab. aqida — ishonch) muayyan sharoitda, bi-
ron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish
asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hi-
sobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llash va urinishni anglatadi.
Ekstremizm (fransuzcha extremisme, lotincha extremus —
keskin, so‘nggi) jamiyatda qabul qilingan muayyan qonun-qoida-
larga zid bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qilish va ularni amalga oshirish.
AQSH davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, yer yuzida yi-
liga 10 mingtadan ziyod terrorchilik harakatlari sodir etiladi.
70 mingdan ortiq inson bunday harakatlar oqibatida hayotdan
bevaqt ko‘z yummoqda — bundan 80% ini voyaga yetmagan yosh
bolalar tashkil etadi.
Xalqaro statistik ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyo miqyosida
500 dan ortiq terrorchilik tashkiloti mavjud.
120
IJODIY FAOLIYAT
Berilgan matnni o‘qing. Urushlar qanday oqibatlarga olib kelishini mulo-
haza qiling.
Urushda g‘olib va baxtli podshoh, g‘olib va baxtli qo‘shin, g‘olib va
baxtli davlat, g‘olib va baxtli tuzum bo‘lishi mumkin. Ammo g‘olib va baxt
li odam bo‘lmaydi. Negaki, urush odamni odam o‘ldirishga majbur qiladi.
Odam o‘ldirgan odam esa hech qachon baxtli bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |