Tijoratlashtirish - yangi mahsulotni ishlab chiqish bosqichi;
bozorga kirib borish vaqtini to‘g‘ri tanlash, turli bozorlarda faoliyat
ko‘rsatish hajmi va ketma-ketligi, mahsulotni operativ harakatlantirish va
taqsimlash bo‘yicha samarali usullar, shuningdek, marketing rejasini
ishlab chiqish jarayoni.
Tovar - 1) eng umumiy ko‘rinishda bozorda sotiluvchi mahsulot
sifatida ifodalanishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy toifa, oldi-sotdi obyekti; 2)
mahsulotning ma’lum bir xaridorlar ehtiyojini qondiruvchi asosiy
iste’molchilik tavsifnomalari majmui; 3) iste’molchiga ko‘rsatiladigan,
mahsulotni to‘ldiruvchi va uni sotishni yengillashtiruvchi xizmat va
imtiyozlar; 4) mahsulotni o‘rab turuvchi «muhit» (mahsulot dizayni, sifati,
markasi, urovi).
Do'stlaringiz bilan baham: |