Raqobatchilik muhiti diagnostikasi - marketing tadqiqotining
raqobatchilar xatti-harakatlarining ichki motivlari haqida to‘liq va aniq
tasavvurni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan o‘ziga xos mustaqil bosqichi.
Regional marketing - 1) regionda marketing faoliyatini tashkil etish;
2) regionning mahalliy, milliy va xalqaro investorlarga ko‘rsatiluvchi
xizmat va tovarlar marketingi; 3) regionning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishni boshqarish tizimidagi marketing.
Reklama -1) g‘oya, tovar va xizmatlarni ma’lum xomiy nomidan
taqdim tatbiq taklif qilishning shaxsiy bo‘lmagan pulli shakli; 2) tovar va
xizmatlar sifatini xaridorlarning talab va ehtiyojlari tiliga o‘girishga
intiluvchi kommunikatsiya shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |