Marketing-miks (marketing majmuasi) - 1) marketing tuzilishi;
marketing tizimining tarkibiy qismlari, elementlari; marketing tarkib
topuvchi jarayonlar; 2) marketing xarajatlari tuzilishi; 3) marketing resepti;
tovar yoki xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berish
chora-tadbirlarining majmuaviy dasturi.
Marketingni rejalashtirish - marketing rejasini tuzish, tovarlarni
sotish hajmining o‘sishi va firma foydasini maksimallashtirishga
qaratilgan marketing strategiyasi tanlash bilan bog‘liq jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |