O`zbеkistоn rеspublikasi


Marketing kommunikatsiyasining bosqichlari



Download 1,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/156
Sana07.07.2021
Hajmi1,36 Mb.
#111059
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   156
Bog'liq
marketing fanidan oquv metodik material

Marketing kommunikatsiyasining bosqichlari 
Yillar 
Bosqichning nomi 
Bosqichning tavsifnomasi 
1950-
1960 
Tizimsiz 
kommunikatsiya 
bosqichi 
Kommunikativ siyosat katta rol o‘ynamaydi, 
doimiy talabni ta’minlash uchun tovar taklifi 
hajmiga 
konsentrasiya 
bosh 
masala 
hisoblanadi 
1960-
1970 
Tovar 
kommunikatsiyasi 
bosqichi 
Sotishni 
tashkil 
etishda 
korxona 
kommunikativ  vositalardan  foydalanadi. 
Birinchi 
rejaga 
reklama 
va 
sotishni 
rag‘batlantirish chiqadi 
1970-
1980 
Maqsadli 
guruh 
kommunikatsiya 
bosqichi 
Kommunikatsiya  firmalar  tomonidan  foyda 
olishga  imkon  beruvchi  maqsadli  guruhlar 
bilan o‘zaro ta’sirda mijozlar bilan muloqot 
uchun ishlatiladi 
1980-
1990 
Raqobatli 
kommunikatsiya 
bosqichi 
Kommunikativ  sharoitni  o‘zgarishi  va 
kommunikativ 
raqobat 
ko‘rsatishning 
o‘sishi 
korxonadan 
kommunikatsiyani 
optimal shakl va vositalarini talab qiladi 
1990-
2010 
Raqobatli 
va 
integratsiyalangan 
kommunikatsiya 
bosqichi 
Bozorni  rivojlanish  dinamikasi  reklama 
tashuvchilariga 
media 
tarqatishni 
shakllantirishga 
olib 
keladi. 
Integratsiyalangan 
kommunikatsiyaga 
o‘tishni talab qiladi 
 
Kommunikatsiya  raqobat  kurashida  muvaffaqiyat  omili  bo‘lib 
hisoblanadi.  Korxona  o‘z  firmasining  yaxshi  imidjini  yaratish  uchun 
ko‘plab  kommunikativ  jarayonlar  bilan  o‘zaro  kelishishga  majburdir. 
Korxona  tovar  bilan  raqobatlashib  kommunikativ  raqobatga  chuqurroq, 
ya’ni  bozorni  muhimroq  maqsadli  segmenti  va  xaridorlari  e’tiborini 
erishishga kurashib jalb etiladi. 
Keyingi  kommunikativ  siyosatda  strategik  va  taktik  choralarni  ichiga 
oluvchi  faqat  kompleks  yondoshishi  imkoniyati  qo‘yiladi.  Buning  uchun 
korxonadan 
tadbirkorlikning 
integratsiyalangan 
kommunikativ 
konsepsiyasini yaratish va rivojlantirish talab qilinadi.  
Integratsiyalangan  kommunikativ  jarayonning  xususiyati  bo‘lib 
kommunikatsiya  vosita  va  jarayoni,  tashuvchilari,  shakllarining  turli-
tumanligi hisoblanadi. 
Kommunikatsiya  quyidagicha  tasniflanadi:  kontakt  turi  bo‘yicha 
shaxsiy va shaxsiy bo‘lmagan; jadalligi bo‘yicha jadal va takror; qo‘llash 


 
199 
 
 
chastotasi  bo‘ycha  yagona  va  ko‘p  marotabalik;  ta’sir  natijasiga  ko‘ra 
samarali va samarasiz. 
Kommunikatsiya tashuvchilari sifatida menejment (firma boshqaruvi); 
xodimlar; mijozlar; jamoat; biznes bo‘yicha sheriklar. 
Har  qanday  kommunikatsiya  uzatuvchi  va  qabul  qilib  oluvchi 
orasidagi  signallarni  yozish  uchun  signallarni  kodlash-dekodlashtirish 
tizimi  yordamida,  o‘zaro  signal  almashinuvini  nazarda  tutadi.  Bundan 
kommunikatsiya samaradorligining asosiy shartlari kelib chiqadi: 
-  kommunikatsiya  maqsadi  uzatuvchi  qanday  auditoriyaga  yetib 
bormoqda ekan va qanday javob olmoqchi ekanini aniq bilishi lozim; 
-  ma’lumot  tayyorlash.  Xaridorlarning  tajribasini  va  ko‘zda  tutilgan 
auditoriyaning ma’lumotlarini dekodlash usulini hisobga olmoq kerak; 
-  kanallarni  rejalashtirish.  Uzatuvchi  o‘z  ma’lumotlarini  ko‘zlagan 
auditoriyaga  eng  yaxshi  yetkazib  bera  oladigan  kanallar  orqali  uzatish 
kerak; 
- ma’lumot samaradorligi-uzatuvchining aks aloqa signallari bo‘yicha 
ko‘zlangan  auditoriyaning    uzatilgan  ma’lumotlarga  javobini  baholay 
olishi kerak. 
Yuqorida sanab o‘tilgan samaradorlik shartlari har qanday marketing 
kommunikatsiya dasturiga kiruvchi qarorlar to‘plamini belgilaydi. 
Marketing  kommunikatsiyasining  ikki  asosiy  vosita-  bu  savdo 
xodimlari  orqali  shaxsli  muloqotlar  va  reklama  kanallari  orqali  shaxssiz 
muloqotlardir.  Shaxsiy  savdo  samaradorligi  reklamadan  ancha  ko‘pdir. 
Reklamaning  yutug‘i  uning  narxida:  reklama  yordamida  bitta  muloqot 
savdo agentining vizitidan ancha arzon. 
Reklama  qisqa  vaqt  oralig‘ida  qayta  auditoriyalar  bilan  muloqot 
qilishga imkon bersa, agent esa oz sondagi klient (mijoz)larga bera oladi. 
Tor  doiradagi  xaridorga  kerak  bo‘lgan  murakkab  holi  keyin 
ishlatiladigan  tovarga  nisbatan  umumiy  tarzdagi  soddalashtirilgan 
reklamadan ko‘ra savdo agentining tasviri kuchliroq. 
Agent bevosita ta’sir etib xaridordan darhol buyurtma olishi mumkin 
holda, reklamalarning taniqliligi va imidji orqali ta’sir etish natijasi ancha 
vaqtdan so‘ng olinadi. Shuning uchun kommunikatsiyaning shaxsiy ta’siri 
ikkinchi  darajali  bo  ‘lgan  hollarda  iqtisod  va  ishlab  chiqarishi  nuqtai 
nazaridan reklamadan foydalanish maqsadga muvofiq. 
Kommunikatsiyaning asosiy shakli bu reklamadir. 
Reklama  agentligi-bu  reklama  beruvchilar  uchun  ixtisoslashtirilgan 
xizmat turlarini taklif etuvchi vositadir. Boshqacha qilib aytganda, reklama 
agentligi  bu  ijodiy  xodimlar  va  tijoratchilardan  iborat,  mustaqil 


 
200 
 
 
korxonadir.  U  o‘z  tovari  uchun  xaridor  qidirayotgan  buyurtmachilarga 
reklama tayyorlaydi va uni reklama vositalarida joylashtiradi. 
Reklama  vositalari-ommaviy  axborot  (televizor,  radio,  ro‘znoma, 
jurnal),  qaysiki  reklama  murojaatlarini  keng  tinglovchilar  ommasiga 
etkazuvchi  reklama  mutaxassislaridir.  Jurnal,  ro‘znomalar,  televidenie  va 
radiostanцiyalar  o‘zlarining  noreklama  mazmuniga  kerakli  tinglovchilarni 
jalb qiladi, reklama beruvchilar esa ularga murojaat etish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. 
Boshqa reklama vositalari esa ma’lum darajadagi kishilarni o‘ziga jalb 
etish maqsadida reklama murojaatlariga (to‘g‘ri aloqa reklamasi, maketlar, 
jamoat  transportidagi  turli  yozuvlar,  savdo  binolarini  reklama  jihatidan 
bezash)  tayanadilar.  Reklama-  bu  ommani  xabardor  qilish  usulidir. 
Iste’molchilar  bilan  yaqin  aloqa  o‘rnatishda  ommaviy  axborot  vositalari 
unga yordam qiladi. 
Savdo  reklamasining  o‘ziga  xos  xususiyati  xaridorni  chorlash  va 
chiqarishdan  iborat.  Shu  bilan  birga,  savdo  reklamasi  aholi  salomatligi 
yo‘lida  tovarlarning  ayrim  turlarini  iste’mol  qilishni  ko‘paytirish 
maqsadida ularga ta’sir o‘tkazish vositasidir. 
Xalqning  turmush  darajasi  osha  borishi,  savdoga  bo‘lgan  talablar 
kuchayishi va ko‘pincha yangi talablar qo‘yilishi reklama bilan bog‘liqdir, 
chunki savdo xalq iste’molini qondirish jarayonidir. 
Reklama  savdo  madaniyatini  oshirishga  ko‘maklashmog‘i  lozim. 
Reklama  yaxshi  yo‘lga  qo‘yilgan  bo‘lsa,  xaridorlar  o‘zlariga  zarur 
tovarlarni tez topib, oson va ko‘p vaqt sarflamay sotib oladigan bo‘ladilar. 
Shu  tariqa  tovarni  sotish  tezlashadi,  savdo  xodimlari  mehnatining 
samaradorligi ortadi, muomala chiqimlari kamayadi. 
Savdo reklamasi alohida hammaga ma’lum bo‘lgan ba’zi bir tovarlar 
to‘g‘risida  foydali  ma’lumotlar  berish,  shu  tovarlarning  xususiyatlari, 
qimmatli jihatlari, ularni ishlatish usullarini tushuntirishi kerak. 
   

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish