IDE-disklar. IDE (Integrated Drive Electronics, rus tilida -
устройство со встроенным контроллером) – o‘rnatilgan kontrollerga ega
qurilma, ya’ni disk yurituvchi (1985 yil). Ushbu vinchesterning maksimal
xajmi 504 Mbayt. Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 4 Mbit/sek.
EIDE (Extended IDE, rus tilida - усовершенствованные устройства
со встроенным контроллером) - o‘rnatilgan kontrollerga ega
takomillashtirilgan IDE-qurilma (1994 yil). Ushbu vinchesterning
64
maksimal xajmi -128 Gbayt. Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 16 Mbit/sek,
unda LBA (Logical Block Addressing, rus tilida - линейная адресация
блоков) – bloklarni chiziqli adreslash sxemasi qo‘llanilgan. Ushbu sxema
28-razryadli chiziqli adresga ega, bu esa 2
28
x 2
9
= 128 Gbayt hajmli xotira
deganidir.
ATA-3
(Advanced
Technology
Attachment,
rus
tilida
-
прогрессивная технология соединения) – ulanishning ilg‘or
texnologiyasi.
ATAPI-4 (ATA Packet Interface, rus tilida - пакетный интерфейс
АТА) – ATA paketli interfeysi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 33
Mbit/sek. ATAPI-5 da ma’lumotlarni uzatish tezligi – 66 Mbit/sek.
ATAPI-6 da ma’lumotlarni uzatish tezligi – 100 Mbit/sek.
ATAPI-7 yoki SATA (Serial ATA ) - ma’lumotlarni uzatish tezligi –
150 Mbit/sek (1,5 Gbit/sek). SATA interfeysida signallarni uzatish uchun
0,5V-li kuchlanish ishlatilgan. ATAPI-6 da esa bu ko‘rsatgich 5V ni
tashkil qilgan.
SCSI-disklar (Small Computer System Interface, rus tilida -
интерфейс малых вычислительных систем) – kichik hisoblash
tizimlarining interfeysiga ega disklar. Ushbu disklarning silindrlari,
yo‘lkalari va sektorlarining joylashishi bilan IDE-disklaridan farq
qilmaydi, ammo ular boshqacha interfeysga ega va ularda ma’lumotlarni
uzatish tezligi ancha yuqori. 2.1-jadvalda, SCSI-disklari versiyalarining
ba’zi ko‘rsatgichlari keltirilgan.
SCSI-disklari Sun, HP, SGI kompaniyalari tomonidan ishlab
chiqarilgan UNIX operatsion tizimida ishlovchi ishchi stansiyalarda,
Macintosh firmasi kompyuterlarida va Intel firmasining tarmoq
serverlarida ishlatilmoqda.
SCSI – bu nafaqat qattiq disk uchun mo‘ljallangan oddiy interfeys,
balki u o‘ziga xos shina ham hisoblanadi. Unga SCSI-kontroller va
ettitagacha qo‘shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Qo‘shimcha
qurilmalar sifatida - kompakt-disklardan o‘qish-yozish qurilmasi,
skanerlar, magnit lentali qurilmalar va boshqa shularga o‘xshash tashqi
qurilmalar olinishi mumkin.
8-razryadli SCSI-kurilmasi kabeli 50-ta (25 juft) o‘tkazgichdan
iboratdir. Ushbu o‘tkazgichlardan 8-tasi ma’lumotlar uchun, 1-tasi
uzatilayotgan ma’lumotlarda juftlikni nazorat qilish uchun, 9-tasi
65
ma’lumotlarni uzatishni boshqarish uchun va qolganlari esa kelajakda
qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
2.1-jadval. SCSI-disklari versiyalarining ba’zi ko‘rsatgichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |