III. 2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ingliz tilida nutq ko’nikmalarni
takomillashtirish usullari
Maktablarda boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim – tarbiya berishda eng
asosiy vazifalardan biri o’quvchilarga ona tilini o’rgatish bilan bir qatorda xorijiy
tillarni o’rgatish, shu nuqtaiy nazardan ingliz tilini o’rgatishdir. O’quvchini ingliz
tiliga qiziqtira olish, ingliz tilida nutqini rivojlantirish, nutqiy munosabatga,
muomalaga o’rgatishdir.
Nutq o’stirishning asosiy maqsadi: o’quvchilarning ingliz tilidagi og’zaki
nutqini rivojlantirishdan, atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo’lish malakasini
shakllantirishdan iborat.
Nutq o’stirish vazifasi o’z ichiga bir qancha maxsus vazifalarni oladi:
1. O’quvchilarni sinf xonasi va tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutqini o’stirish,
lug’atini boyitish.
2. Nutqning grammatik tomonini shakllantirish.
3. nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
Lug’at ustida ishlash ko’rgazmali qurollardan tahqari sinf xonasidagi
ko’rgazmalardan hamda tevarak-atrof bilan tanishtirish orqali ham amalgam
oshiriladi. O’quvchilarni tevarak - tarofdagi buyumlar, hodisalar, o’simliklar,
hayvonot dunyosi va hokozolar bilan tanishtirish jarayonida ularning nomlarini,
sifatlarini, hususiyatlarini ingilizcha so’zlar bilan aytamiz.
Masalan:
Buyumlarning nomini anglatadigan: (things) mirror (ko’zgu) camp (taroq),
soup (sovun), carteen (gilam), cupboard, (shikaf) bad (kirovat), tableclothe
(dasturhon). Vagetables: (sabzavotlar nomini anglatadigan carrot (savzi), cabbage
(karam), turnip (shalg’om), cucumber (bodring). Fruits: (mevalar) apple (olma), pear
(nok), cherry (olcha), peach (shaftoli), banana (banan), grape (uzum) domestic
animals (uy hayvonlari) rooster (xo’roz), hen (tovuq), horse (ot), cow (sigir), dog (it),
cat (mushuk), goat (echki). Verbs (harakatni ifodalovchi) washing (yuvinmoq),
cleaning (tozalamoq), doing iron (dazmollamoq),cooking (pishirmoq) va boshqalar.
Adjectives: (sifatlari) big (katta), small (kichkina), red (qizil), green (yashil), hot
(issiq), cold (soviq) va hokazo so’zlar sozlar o’quvchilarning sinf xonasi va tevarak-
atrof bilan tanishtirish jarayonida o’quvchlar lug’atiga kiritiladi, buning natijasida
ularning lug’ati boyitiladi, nutqi rivojlanadi.
Ingliz tili darslaida lug’at bilan ishlash juda muhim bo’lib, o’qituvchi
o’quvchilarga o’rtoqlari bilan ingliz tilida nutqiy muloqotga kirishib keta olishiga
yordam beradigan tanlab hamda diologik nutq yordamida ular nutqiga kiritib
boradilar. O’quvchilarni so’zlarning tarjimasini tushunishga o’rgatibgina qolmay,
balki bu so’zlarni nutqlarni faol ishkatishga ham odatlanib boradilar.
Lug’at tilning qurilish materiali hisoblanadi. Grammatika esa gapda
so’zlarning o’zgarishi va ularning bog’lanish usullarini belgilaydi. Bundan tashqari,
grammatika tilning qurilish modelini (so’z yasovchi, so’z o’zgartiruvchi) belgilaydi.
O’quvchi ingliz tilining barcha grammatik shakllarini qancha erta o’zlashtirsa,
u aqliy jihatdan ham, nutqiy jihatdan ham sunchalik tez rivojlanadi. Agar o’quvchida
nutqning grammatik tomoni noto’g’ri shakllansa, aqliy rivojlanishi kechkadi.
O’qituvch har bir mashg’ulot va o’yin turlarida bolalar nutqidagi
grammatik xatolarni tuzatishi kerak. O’z vaqtida tuzatilmagan grammatik xato bola
nutqida mustahkamlanib, uni tinglayotgan boshqa bolalar nutqida ham grammatik
xatolarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Biroq maxsus tashkil etiladigan
o’yinlarda bola nutqidagiu yoki bu salbiy jihatlarni ogohlantirish bo’yicha ish olib,
bola nutqida paydo bo’lgan grammatik hatolarni o’z vaqtida bartaraf etish lozim.
Mahsus tashkil etiladigan o’yin va mashg’ulotlarda bolaning diqqati faqat kerakli
Grammatik shakllarga jalb qilinadi. So’z, uning shakl jihatdan o’zgarishi, so’z
birikmasi yoki gaplar ular aqliy faoliyatining mazmuni bo’lib qoladi. Bunday
mashg’ulotlarni izchillik va ketma-ketlik bilan olib barish natijasida bolalar qanday
gapirish kerakligini anglaydilar, savodli chiroyli gapirishga harakat qiladilar. Qulay
ishchanlik ruhida tashkil etiladigan mashg’ulotlar bola diqqatini chalg’ib ketishining
oldini oladi, ular o’qituvchining tushuntirishlarini, ko’rsatmalarini diqqat bilan
tinglaydilar, o’rtoqlarini nutqini kuzatadilar. Mashg’ulotda nutq namunasini oladilar
va o’z nutqlarida undan foydalanadilar. Ko’pgina o’quvchilar o’z o’rtoqlarining
xatolarini tuzatishda o’qituvchining eng yaqin yordamchisiga aylanib qoladilar.
Bolalar nutqidagi grammatik xatolarni ogohlantirish, tuzatish maqsadida
tashkil etiladigan maxsus mashg’ulotlar olib borishda quyidagi metodik
ko’rsatmalarga amal qilish kerak:
Ma’lum bir sinfda tashkil etiladigan mashg’ulot mazmunini uzoq muddatga
mo’ljallab tashkil etish kerak. Mashg’ulot uchun bolalarning o’zlashtirishlari,
ishlatilashi qiyin bo’lgan grammatik kategoriyalarni qayta – qayta tashkil etib
mashqlar bajarish lozim. Bolalar oson va tez o’zlashtirgan birorta Grammatik formani
(shakni) qayta o’rgatish maqsadga muofiq emas. O’qituvchi yilning boshida
o’quvchilar qanday Grammatik shakllarni qo’llashda qiynalishlarini, xatoga yo’l
qo’yishlarini aniqlab olishi kerak. Buning uchun o’quvchi nutqini kuzatadi, alohida
o’quvchilar uchun surali kartochkalar yoki biror - bir predmet yordamida o’tkaziladi.
O’quvchilar grammatik shakllarni doimo to’g’ri ishlatashlari uchun dinamik
stereotipni hosil qildirish kerak. Buning uchun eshitgan so’zini kerakli grammatik
shaklda ko’p marta takrorlash zarur. Takrorlash sedan chiqarganlarini esga tushurish
maqsadida emas, balki sedan chqarishning oldini olish uchun zarurdir, chunki esdan
chiqarganni qayta tiklash uchun juda ko’p vaqt sarf etiladi. Grammatik jihatdan
to’g’ri shakllangan nutq malakasini hosil qilishning sharti bu – takrorlashdir. Biror
mavzu mazmunini to bola nutqidagi grammatik xato turi bartaraf etilmaguncha
takrolash zarur. 3-4 ta grammatik shakl ustida ishlash bo’yicha mashgulot bir necha
kun davom etishi mumkin.
Grammatik jihatdan to’g’ri nutqni shakllantirish bo’yicha mashg’ulotlar
ko’rgazmali materiallar yoki ko’rgazmasiz o’tkaziladigan talimiy o’yin xarakteriga
ega.
Har bir boshlang’ich sinf uchun dastur mazmuniga mos talimiy o’yinlar,
mashqlar tanlanadi. Masalan:
Birinchi sinflar uchun “English alphabet”, “Numbers”, “Domestic animals”,
“Family” va boshqalar.
Ikkinchi sinf va undan yuqori sinflar uchun ”Verbs”, “Jobs”, “Body”,
“Seasons”, “Months and weeks” va hokazolar.
Bola nutqidagi xatolarni do’stona, xushmuomilalaik bilan tuzatish kerak. Hech
vaqt bola nutqidagi xatoni takrorlash yaramaydi, yaxshisi grammatik shaklli to’g’ri
bo’lgan so’zlarni, talimiy o’yinlarni takrorlash joizdir, o’qituvchi dars davomida yoki
turli hil o’yinlar davomida bola nutqini kuzatib borishi va grammatik xatolarni
tuzatishi shart.
Bola nutqida grammatik xatolarni dars jarayonida etarli ovoz tonida, boshqa
o’quvchilarga ham eshitarli qilab to’g’rilash kerak.
O’quvchilarni grammatik to’g’ri gapirishga o’rgatish bilan bir qatorda nutqning
tovush madaniyati ham o’rgatish lozim.
Nutq madaniyati – bu bayon etiladigan fikr mazmuniga mos tarzda til
vositalarining barchasidan (Tovush, intonatsiya, Grammatik shakllar, leksik
urg’ulardan) foydalana olishdir.
O’qituvchi oldida quyidagi vazifalar turadi: o’quvchilarda so’zlardagi
tovushlarni aniq, to’g’ri talaffuz etishni tarbiyalash, ingliz tili orfoepiya qoidalari
asosida so’zlarni to’g’ri talaffuz etishni, aniq talaffuzini, bola nutqining ifodaliligini
tarbiyalash.
Biroq nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash bu tovushlarning to’g’ri
talaffuzini shakllantiish ekan deb tushunmaslik kerak. To’g’ri tovush talaffuzini
shakllantirish nutqining tovush madaniyati bo’yicha ishlarning bir bir qismigina
hisoblanadi. O’qituvchi bolalarda to’g’ri nafas olish va chqarishni, ingliz tilidagi
hamma tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni, so’zlarni aniq talaffuz etishni, ovozdan
to’g’ri foydalanishi, shoshilmasdan nutqning mazmuniga qarab, ifodali gapirishni
tarbiyalaydi.
Nutqning fonetik va orfoepik jihatdan to’g’riligi, sozlashgan vaqtida to’g’ri
nafas olish va chiqarish, ravshan gapirish, so’zlarni to’g’ri isjlatish, ovoz kuchi va
nutq suratini tartibga solish tushuniladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari ingliz tili lotin alifbosiga o’hshab ketganligi
bois ayrim tovushlarni almashtirib yuboradilar. Masalan: “school” [sku:l] so’zini
“schol”, “book” [bu:k] so’zni bok, “bag”[ba:g] bag .
O’quvchilarga bilim va tarbiya berishada so’zlashuv nutqiga (dialog) o’rgatish katta
ahamiyatga egadir. Bolada so’zlashuv nutqini shakllantirish – bu boshqalarning
nutqini tinglash va tushunish, so’zlashishni quvvatlash, savollarga javob berish va
so’rashdir (savollar beris). Bola so’zlashuv nutqining rivojlanganlik darajasi uning
lug’at boyligiga, tilning grammatik tomonini egallaganligiga bog’liqdir. Bolaning
so’zlashuv nutqiga o’rgatish uning madaniy nutqni egallagnli darajasiga ham
bog’liqdir. Masalan , suhbatdosh bilan so’zlashayotgan vaqtda o’zining va
suhbatdoshining nutqiga doimo e’tiborli bo’lish, suhbatdoshining nutqini also
bo’lmaslik, savollarga odob bilan qo’l ko’tarib, ruhsat berilgach javob berish, “ha”
yoki “yo’q” deb qisqa javob bermay, balki shoshmay, o’ylab, so’ng to’liq, to’g’ri
javob qaytarishga odatlantirish lozim. So’zlashganda o’rtacha ovozda fikrni
tushunarli qilib bayon etish, nutqning yoqimli bo’lishiga e’tibor berish, so’zlaganda
hamma uni miriqib tinglashiga o’rgatish, shuningdek, gapirayotgan vaqtda yerga,
tevarak – atrofga qaramay, balki o’rtoqlariga qarab, ikki qo’lini yonga tushurib, erkin,
samimiy so’zlashishga o’rgatishi va buni darsda bolalardan talab qilib borish zarur.
Til o’rganishning asosiy shakli bu mashg’ulotdir. Nutq o’strish
mashg’ulotlarida bola o’z nutqini o’qituvchining namunaviy nutqi bilan taqqoslashga,
boshq bolalar bilan o’quv materiallarini bajarishga, yani o’qituvchining
tushuntirishini, hikoyasini tinglashga, birgalikda rasmlarni, diafilmlarni ko’rishga
suhbatlashishga, didaktik o’yinlarda ishtirok etishga, birgalikda o’ynashga ma’lum
bir obyektga diqqatini qarata olishga, navbat bilan gapirishga o’rganadi. O’quvchilar
har darsda yangi bilimlar bilan tanishdilar, o’qituvchining nutqiy ko’rsatmasi
orqalio’quv ishlarini bajarishga, o’z ishlariga baho berishga o’rganadilar.
O’quvchilarning dars davomida hammaga eshitarli qilib gapirishi emas, balki
o’qituvchining va tengdoshlarining nutqini faol tarzda idrok qilishi va tushunishi
demakdir. Imkoniyatg qarab ko’proq bolalarning ovoz chqarib gapirishlari, fol
nutqlari uchun sharoit yaratib berish kerak. O’quvchilarning nutqiy faolligini
oshirishda ko’rgazmali qurollardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega.
Shuningdek, faoliyatning xilma – xilligi, ularning turlarini o’zgartirib turilishi, o’yin
usullari ham o’quvchilarning nutqiy faolligini oshriradi. To’g’ri tanlangan va
tuzilgan, topshiriqlar ham nutq faolligini taminlovchi vositalardan biridir. Tarbiyachi
savollar va topshiriqlar berganda, sinfdagi hamma o’quvchilarga qarata murojat
qiladi, zarur bo’lganda uni takrorlaydi, javob beruvchiga baland, to’g’ri, hammaga
tushunarli qilib gapirish kerakligi haqida ko’rsatma beradi, nutqiy rivojlanishi har xil
darajada bo’lgan o’quvchilardan navbatma-navbat so’raydi, hadeb bir o’quvchidan
so’rayvermaydi, sinfdagi o’quvchilarga javob berayotgan o’quvchining javobi to’g’ri
yoki nato’g’ri ekanligini nazorat qilib borishni aytadi, ularga savol bilan murojat
etadi: u to’g’ri gapirdimi? Yana nimalar haqida gapirishi kerak edi?
Shuningdek o’qituvchi darsda nutqi yaxshi rivojlanmagan o’quvchilarga alohida
e’tibor qaratishi kerak. Ayniqsa indamas, muloqat qilishni istamaydigan, o’zini tutib
tura olmaydigan, ezma o’quvchilarga yakkama – yakka yondashishi kerak.
Maktab sanf xonalarining ham ko’rinishi alohida o’rin egallaydi. Yani
yorug’lik yetarli darajada bo’lishi, stollar, jihozlar o’quvchilar bo’yiga mos bo’lishi
kerak. O’quvchilarning va o’qituvchining doimiy o’tiradigan joyi bo’lishi,
o’quvchilar stolga o’tirishganda o’qituvchining aniq ko’rib turishlari, o’quvchilar
o’qituvchiga, o’qituvchi esa o’quvchilarga qarab o’tirishlari kerak. Sinf xonasining
havosi doimo yangilanib turishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |