Istiqlol sa’nat saroyi. Istiqlol saroyi festivallar o‘tkazish, konsertlar berish
uchun mo‘ljallangan saroy. 1981 yilda qurilgan. Bino tarhi to‘rtburchak shaklda
bo‘lib quyosh nurini to‘sadigan jimjimador elementlar bino fasadiga salobat
baxsh etgan. Binoning kompozitsion markazi - balkonli amfiteatr shaklidagi
4100 kishiga mo‘ljallangan tomosha zali. Zalda kino tovush texnikasi sistemasi
tekstni bir yo‘la 8 tilga tarjima qilish apparatlari maxsus texnologii aloqa
sistemasi bor. Bino qiyofasi va bezaklarida milliy me’morlikka xos bo‘lgan
mukarnas uslubdan foydalanilgan. Hududi obodon va ko‘kalamzor saroyning
tevaragi favvoralar va haykallar bilan ziynatlangan.
1.6-rasm. Istiqlol sa’nat saroyi
Do'stlaringiz bilan baham: |