Er sathiga nisbatan joylashuviga ko‘ra rezervuarlar er ostida, er ustida va
yarim er ostida bo‘lishi mumkin. Tez yonuvchan yoki issiq suyuqliklar
saqlanadigan rezervuarlarni er sathiga nisbatan joylashishini aniqlashda, shu
bilan birga o‘t o‘chirish vositalarini tanlash, portlagandagi to‘lqin zarbasini
hisobga olish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlovchi chora-tadbirlarni ishlab-
chiqish ham talab qilinadi.
Konstruktiv xususiyatlariga ko‘ra temirbeton rezervuarlar yig‘ma,
monolit va yig‘ma-monolit bo‘lishi mumkin. Yig‘ma-monolit temirbeton
rezervuarlarning bir qismi yig‘ma temirbetondan (masalan, rezervuar devorlari,
ustyopmalari), qolgan qismi esa monolit temirbetondan (masalan, uning tubi)
59
tayyorlanadi. Bunday konstruksiyalarni tayyorlashda ham oddiy yoki oldindan
zo‘riqtirilgan temirbetondan foydalanish mumkin.