Tashqi ta’sirlar Ichki ta’sirlar
(tabiiy, sun’iy) (texnologik, funksional)
1.13.-rasm. Binoga ta’sir qiluvchi (tashqi va ichki) ta’sirlar
.
1.14. - rasm. Fuqoro va sanoat binolarining atrof muxitga ko‘rsatadigan ta’sirlari.
18
Ichki faktorlarga 1.13.- rasmda ko‘rsatilgan faktorlardan tashqari
quyidagilar kiradi (ular bevosita inson tomonidan yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar
tufayli vujudga keladi):
- loyihalash jarayonida;
- zavo
dd
a konstruksiyani tayyorlash jarayonida;
- qurilish jarayonida;
- ekspluatatsiya jarayonida.
Loyihalash jarayonida noto‘g‘ri loyiha echimi, loyihachining xatosi, tashqi
yuklar, qurilish konstruksiyalarining holati va ishlab chiqarish hamda
ekspluatatsiya sharoitlari haqidagi ma’lumotlarning etarli emasli, tabiiy emirilish
va ayrim ateriallarining fizik-mexaniq xossalari hamda ularning real emirilishi
jadalligi xaqidagi eksperimental ma’lumotlarning etishmasligi (yoki umuman
bo‘lmasligi), bino funksiyasini noto‘g‘ri modellashtirish va boshqa turli salbiy
omillarni hisobga olinmasligi loyihalash jarayonida yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar
hisoblanadi.
Zavodda konstruksiyani tayyorlash jarayonida qurilish konstruksiyasida
uchraydigan turli xildagi defektlar, konstruksiya o‘lchamlarining nomuvofiqligi,
buyumlarni tayyorlash rejimining buzilishi hamda tayyor maxsulotni saqlash va
uni tashish jarayonida konstruksiya har xil deformatsiya va defektlar olishi
mumkin.
Qurilish jarayonida uchraydigan ta’sirlarga ishchilar malakasining pastligi,
loyihaviy echimdan chetlashish, qurilish borilmasligi, qurilish ishlari olib
borilishida zaruriy texnik shartlarga rioya qilmaslik, montaj jarayonida
elementlarning noto‘g‘ri qo‘yilishi, seysmik, harorat choklarining noto‘g‘ri
qo‘yilishi (yoki ba’zi hollarda umuman qo‘yilmasligi), qish paytlarida texnik
shartlarga rioya qilmasdan ishlarning olib borilishi (qorishmalarning muzlab
qolishi va h.k), qurilishi uzoq vaqt tugallanmagan binolarda metall
elementlarning zanglashi va h.q kiradi.
Ekspluatatsiya jarayoni. O‘z vaqtida ta’mirlash va profilaktik ishlarning olib
borilmasligi, loyiha echimining ekspluatatsiya jarayoniga mos kelmasligi,
19
binolardan
foydalanish
jarayonida
ularning
texnik
holati
to‘g‘risida
shug‘ullanadigan va kerakli ma’lumotlar berish sistemasining ishlamasligi, bino
va uni tashkil etgan konstruktiv elemenlarning yoshi, ekspluatatsiya
jarayonining buzilishi, aholining e’tiborsizligi va h.q salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin.
Bu faktorlarning ba’zilari (xususan, O‘rta Osiyo mintaqasi uchun xarakterli
bo‘lgan zilzila) bo‘yicha keyingi boblarda batafsil to‘xtalamiz.
Atrof muhitni zaharlaydigan asosiy manba - bu yoqilg‘i mahsulotlarining
yonishidan hosil bo‘ladigan sulьfat (SO
2
),va is gazi (SO
2
) dir. SO
2
havoda tez
oksidlanib, sulьfat angidrid SO
3
ga aylanadi va havo bilan birikib sulьfat
kislotasi
SO
4
ni hosil qiladi. Ma’lumki, sulьfat kislotasi qurilish materiallarini
emiradigan agressiv muhitni hosil qiladi (kimyoviy ta’sir, 1.13 va 1.14.-
rasmlar).
Tosh va beton konstruksiyalarini asta-syokin emiradigan, o‘zidan nordon
moda ajratadigan lishayniklarning va qo‘ziqorinlarning ba’zi turlari mavjud
(biologik ta’sir, 1.13 va 1.14.-rasmlar). Bunday biologik ta’sirlar natijasida
yog‘och konstruksiyalarida ma’lum bir harorat va namlik (23-25%) sharoitida
egilish deformatsiyalari paydo bo‘la boshlaydi.
Metallning bardoshliligi korroziya (zanglash)ning jadalligi bilan aniqlanadi
(qalinlikning kamayishi, mm/yil o‘lchamida), o‘rtacha agressiv muhitda
(0,1mm/yil). Konstruksiyaning ko‘ndalang kesim yuzasi 25 yil ekspluatatsiya
jarayonida 5% ga kamayadi. Agressiv muhitda esa bu ko‘rsatkich o‘shancha
vaqt oralig‘ida 20-25% ga etadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Faradey qonuniga asosan, 1 A tok
konstruksiyaga ta’sir qilganda, 1 yil ichida 9,12kg temirni, 33,8kg qo‘rg‘oshinni
emiradi. Ko‘rinib turibdiki, adashgan toklar qurilish konstruksiyasi uchun juda
xavflidir.
Yyqorida sanab o‘tilgan faktorlar bino konstruksiyasini sekin-asta yoki
to‘satdan loyihada belgilangan ishonchliligini kamaytiradi.
20
Buning natijasida butun ekspluatatsiya mobaynida turli xildagi faktorlar
ta’sirida konstruksiya elementlarida sezilarli o‘zgarishlar paydo bo‘lib, natijada
ichki kuchlar taqsimotining buzilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |