§1. Axborotlashtirish tushunchasi
«Axborotlashtirish» atamasi huquq fani va amaliyotiga 80- va
90- yillar oralig'ida kirib keldi va tez orada yangi fan yo'nalishining
ramzi sifatida e’tibor qozondi.
O'zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi
Qonunining 1-moddasida ushbu qonun axborot majmui faoliyatin
ing iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslarini, uning O'zbekiston
Respublikasida tutgan o'rni va ahamiyatini belgilashi, axborot
egalari va axborotdan foydalanuvchilar bo'lmish davlat hokimiyati
va boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi
munosabatlarni tartibga solishi ko'rsatib o'tilgan.
Axborot jarayonlarini intensifikatsiya qilishning asosiy vositalari:
ma’lumotlarni uzatish tezligini tinimsiz oshirib borish;
uzatilayotgan axborotlar hajmini ko'paytirish va ularni qayta
Do'stlaringiz bilan baham: |