ish usullari va vositalari haqidagi ma’lumotlarni o'zida mujassam
etadi, huquq tizimining u yoki bu xulq-atvor variantini tanlashini,
uning yangi holatga o'tishini va belgilangan maqsad sari intilishini
belgilovchi sabab hisoblanadi.
Shunga qaramay, huquqiy ta’sir ko'rsatish va huquq sohasida
boshqarish jarayonini faqat huquqiy tuzilmalardagi axborot jaray
onlari bilangina bog'lamaslik lozim. U juda boy mazmunga ega.
Huquqiy munosabatlaming ishtirokchilariga, muayyan odamlarga
va hokazolarga huquqiy-boshqaruv vositalari yordamida ta’sir
ko'rsatish bu ular zarur ijtimoiy-huquqiy axborotni berish akti
emas, balki huquqiy munosabatlaming muayyan subyektlari, alo
hida shaxslarning o'zaro aloqasidan iborat murakkab ijtimoiy va
psixologik jarayondir. U huquqiy va boshqa xil axborot tushuncha-
Do'stlaringiz bilan baham: |