amal qiladigan yuridik muassasaning rahbari tomonidan o'matiladi.
Qonuniylikka rioya etilishi va axborotlaming himoya qilinishi uchun
javobgarlik ularning egasi bo'lgan yuridik muassasa zimmasiga
yuklanadi.
Nonormativ huquqiy axborotlar tijorat aylanishi obyekti bo'lishi
mumkin emas, ular pulsiz asosda tarqatilishi lozim.
Nonormativ huquqiy axborot resurslarining egasi davlat hisobla
nadi. Ularga egalik huquqi sohasidagi munosabatlar O'zbekiston
Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Yuridik muassasalar nonormativ huquqiy axborot resurslarini
bevosita tezkor boshqaradi, yuritadi va tasarruf qiladi.
Huquq sohasidagi vazifalarni hal qilishga mo'ljallangan ijodiy
ishlovlar, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari, prinsipial jihatdan
yangi axborot texnologiyalari belgilangan tartibda intellektual mulk
obyektlari deb topilishi mumkin.
Axborot tizimlari va tarmoqlarining alohida elementlari (texnik
vositalar, aloqa vositalari va boshqa mulkiy obyektlar ko'rinishidagi
mulkiy komplekslar; m a’lumotlar bazalari, EHM uchun dasturlar)
www.ziyouz.com kutubxonasi
turli yuridik muassasalarga egalik huquqida tegishli bo‘lishi mum
kin. Nonormativ huquqiy axborot resurslari, ma’lumotlar banklari
va tizimlarining egasi o'z vakolati doirasida axborotlarni qayta
ishlash, himoya qilish va ulardan foydalanish qoidalarini belgilay-
di, nonormativ huquqiy axborotlardan nusxa ko'chirish va tarqa
tish shartlarini o'matadi.
Fuqarolar yuridik muassasalar ixtiyoridagi nonormativ huquqiy
axborotlar (ma’lumotnomalar, hukmlar va qaroriarning nusxalari,
statistik ma’lumotlar va boshqalar)ni olishga haqlidirlar. Bunday
axborotlarni olish uchun asoslar ko'rsatilgan arizalar berilishi loz
im. Fuqarolar ko'rsatilgan axborotlardan yuridik muassasa doiras
ida tanishishga haqlidirlar.
Xalqaro bitimlar, normalar va xalqaro huquqning umume’tirof
etilgan qoidalariga muvofiq fuqarolar xalqaro va milliy tizimlar
hamda axborot-kommunikatsiya tarmoqlaridan tegishli axborot xiz-
matlari tomonidan o'matiladigan shartlarda huquqiy (normativ va
nonormativ) axborotlarni olishga haqlidirlar.
Yuridik muassasalar nonormativ huquqiy axborotlar olish uchun
murojaat qilgan fuqarolarning talablarini qondirishlari lozim. Talab
qilingan axborotning maxfiyligini isbotlash majburiyati tegishli muas
sasa zimmasiga yuklanadi.
Har bir fuqaro va boshqa subyektlar yuridik muassasadan har
qanday turdagi va miqyosdagi ma’lumotlar: mazkur muassasaning
aniq nomi, uning rahbarlari, jinoyat, fuqarolik yoki xo'jalik ishlarini
ko'rib chiqish vaqti va tartibi, boshqa yuridik muassasalar, shu
jumladan markaziy va mintaqaviy yuridik muassasalar haqida
xuddi shunday ma’lumotlarni olishga haqlidirlar.
Yuridik muassasalar o'zlari joylashgan hududdagi qonuniylik,
huquq-tartibot, inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinishining
ahvoli haqida, shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali
aholi va jamoatchilikka muntazam xabar berib borishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |