§2. Kompyuter m a’ lumotlarini o ‘g ‘irlash
Garchi keyingi paytlarda ko'pgina yirik kompyuter kompaniya-
lari (Naytov, Semurg', XayTek va b.) litsenzion dasturlar yetkazib
berayotgan bo‘lsalar-da, litsenzion dasturlar bilan qaroqchilik nus-
xalari o'rtasidagi farqlar dasturiy ta’minotning huquqiy bozorini
yaratishga bo'lgan barcha sa’y-harakatlarni chippakka chiqar-
moqda. Dasturiy ta’minotni huquq yo'liga burishga bo'lgan urinishlar
amalda hech narsaga olib kelmayapti.
Agar oddiy o'g'irliklar jinoyat qonunchiligi ta’siriga tushsa,
ma’lumot (axborot)lami o'g'irlash muammosi talaygina qiyinchiliklar
tug'diradi. Mashina axboroti, shu jumladan, dasturiy ta’minotni
ruxsat olmay, o'zlashtirib olish o'g'irlik sifatida tasniflanmaydi, chunki
o'g'irlik tashkilot fondidan qimmatliklami olish bilan bog'liq holda
sodir etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |