etilgan fayllar guruhlari ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Ular bilan
ishlash uchun ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimidan foydala-
niladi.
O'zbekiston Respublikasining «Elektron hisoblash mashinalari
uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy
himoyasi to‘g‘risida»gi 1994 yil 5 may qonunining 1-moddasiga
muvofiq, «ma’lumotlar bazasi - elektron hisoblash mashinalari
yordamida topish va ishlov berish mumkin bo'ladigan tarzda bir
tizimga solingan ma’lumotlar (masalan, maqolalar, hisob-kitoblar)
majmui»1.
Ma’lumotlar bazasi katta axborot massivlarini saqlash, zarur
ma’lumot va hujjatlarni tez qidirib topishga mo'ljallangan. Mutaxas-
sisning avtomatlashtirilgan ish joyidan tortib superkompyutergacha
bo'lgan har qanday axborot tizimida ma’lumotlar bazasi tashkil
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |