nazariyasining yangi muammolari qo'yilishiga obyektiv imkoniyat
yaratadi. Ular jumlasiga, masalan, latent (yashirin) huquqiy axborot
muammosi kiradi. Latent axborotning xilma-xil shakllari mavjud.
Ularning uch asosiy turkumini ajratish mumkin. Bular:
1. Ma’nosi jihatidan o'xshash yoki yaqin, ammo turli til shak-
llarida ifodalangan normalar va huquqiy qoidalar. Masalan, «shart-
noma», «bitim» va «kontrakt» tushunchalarini olayiik. Ma’no jihati
dan ular juda yaqin. Ko'rsatilgan atamalardan birortasi mavjud
bo'lgan massiv huquq ijodkorligining muayyan vazifalarini hal
qilish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, foydalanuvchiga
mazkur atamalardan faqat bittasi ifodalangan axborot sifatida
taqdim etilsa, qolgan axborotlar yashirin bo'lib qoladi. Ularni
oshkora axborotlarga aylantirish imkonini beruvchi metodlami izlash
Do'stlaringiz bilan baham: |