§2. Informatika va kibernetika
Informatikaning rivojlanishi boshqa, unga yaqin soha — kiber-
netikaning rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq. Huquqqa tat-
biqan bu o'rinda huquqiy kibernetika haqida gap borishi lozim.
60- va 70- yillarda kibernetika jadal rivojlandi. Kibernetik va
axborotlar sohasidagi g'oyalar bir-biriga bog'liq holda ko'rib chiqil-
di. Bunda informatika g'oyalari kibernetika g'oyalari va metodlar-
iga nisbatan bo'ysunuvchi holatni egalladi.
70- yillarning oxirida informatika mustaqil fan sifatida
shakllana boshladi. Bu kibernetikaning o'rni va ahamiyatining
ma’lum darajada kamayishiga olib keldi. Bugungi kunga kelib
boshqa bir tendensiya ko'zga tashlandi: ayrim mutaxassislar kib-
ernetikaga informatikaning bir qismi sifatida qaray boshladilarki,
Do'stlaringiz bilan baham: |