muhim talab qo'yiladi:
1. Asosiy matn shunday o'zgartirilishi kerakki, ochiq kalit yor
damida uni tiklashning iloji bo'lmasin.
2. Ochiq kalit yordamida hozirgi texnologik darajada yopiq
kalitni aniqlashning ham iloji bo'lmasin. Bunda shifr ochilishi
og'irlik darajasining quyi chegarasi aniq belgilanishi lozim.
Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari hozirgi axborot tizimlarida
keng qo'llanilmoqda. Chunonchi, RSA algoritmi ochiq tizimlar uchun
jahon miqyosida rasmiy standartga aylandi. Umuman olganda,
hozirda taklif qilinayotgan barcha ochiq kalitli kriptografik tizimlar
qaytmas o'zgartirishlarning quyidagi turlaridan biriga tayanadi:
— katta sonlarni oddiy ko'paytuvchilarga bo'lish;
— pirovard maydondagi logarifmni hisoblash;
— algebraik tenglamalarning ildizlarini hisoblash.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |