Bog'liq Huquqiy informatika (Abdujabbor Muhammadiyev)
§9. Axborotni himoya qilishning kriptografik usullari Axborotni uning mazmunini begona shaxs o'qishini istisno qil- adigan tarzda o'zgartirish yo'li bilan himoya qilish muammosi insonni qadim zamonlardan beri o'ylantirib keladi. So'nggi yillarda axborot xavfsizligiga qo'yiladigan talablar jiddiy o'zgardi. Ma’lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimlaridan foy- dalanishga o'tilgunga qadar axborot xavfsizligi faqat fizik va ma’muriy chora-tadbirlar yordamida ta’minlanar edi. Kompyuterlar paydo bo'lishi bilan ma’lumotlar yozilgan fayllarni va dasturlarni himoya qilishning avtomatik vositalaridan foydalanishga zarurat tug'ildi. Avtomatik himoya vositalari rivojlanishining keyingi bos- qichi ma’lumotlarga ishlov berishning taqsimlangan tizimlari va