shaxslar hamda noto'g'ri axborot olgan shaxslar o'zlariga yetkazil-
gan zararni qoplashni talab qilishga haqlidir.
2. Sud axborotning foydalanish cheklangan axborotlar toifasiga
asossiz kiritilganligi haqidagi nizolami, foydalanuvchilarga axborot
taqdim etish asossiz rad etilgan hollarda yoki foydalanuvchilar
ning boshqa huquqlari buzilishi natijasida yetkazilgan zararni
qoplash haqidagi da’volarni ko'rib chiqadi.
3. Axborotdan foydalanishni qonunga zid ravishda cheklash va
axborotlarni himoya qilish rejimini buzishda aybdor davlat hokimi
yati organlari va tashkilotlarning xizmatchilari jinoyat, fuqarolik va
ma’muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq
javobgar bo'ladilar».
www.ziyouz.com kutubxonasi
Axborotga doir huquq va erkinliklarni himoya qilish intellektual
mulk instituti, hujjatlashtirilgan axborot instituti hamda O'zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksi, O'zbekiston Respublikasining
Ma’muriy javobgariik to'g'risidagi kodeksi va Fuqarolik kodeksi
normalari bilan ta’minlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidagi normalarga mis-
ollar: tuhmat (139-modda), haqorat qilish (140-modda), fuqaro-
larning turar joyi daxlsizligini buzish (142-modda), xat-yozishmalar,
telefonda so'zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlaming
sir saqlanishi tartibini buzish (143-modda), vijdon erkinligini buz
ish (145-modda), mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish (149-
modda), farzandlikka olish sirini oshkor qilish (125-modda).
O'zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgariik to'g'risidagi
kodeksiga kiritilishi kerak bo'lgan normalarga misollar: O'zbekiston
Respublikasi fuqarosining o‘z saylov huquqidan foydalanishi yoki
saylov komissiyasining ishiga to'sqinlik qilish; nomzod haqida
yolg'on ma’lumotlar tarqatish; saylov komissiyasi (referendumni
o'tkazish komissiyasi) a’zosi, kuzatuvchisi yoki chet ellik (xalqaro)
kuzatuvchining huquqlarini buzish; fuqarolaming saylovchilar ro'yxati
bilan tanishish huquqini buzish; ommaviy axborot vositalari orqali
saylovoldi targ'ibotini o'tkazish shartlarini buzish; imzosiz targ'ibot
materiallarini tayyorlash yoki tarqatish .
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksidagi normalar
ga misollar: ma’naviy zararni qoplash (umumiy qoidalar (1021-
modda), ma’naviy zarami qoplash usuli va miqdori (1022- modda)),
shaxsning sha’ni, qadr-qimmat va ishchanlik obro'sini himoya
qilish (1 0 0- modda), oshkor etilmagan axborotni muhfaza qilish
huquqi (1095-modda), oshkor etilmagan axborotdan noqonuniy
foydalanganlik uchun javobgariik (1096 - modda), oshkor etilma
gan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish huqu-
qining boshqa shaxsga o'tishi (1097-modda).
Do'stlaringiz bilan baham: |