69
Harakatdagi ob’ektlar, suyuqliki, gazsimon va sochiluvchan muhit tezligi,
hamda titrash parametrlarini o‘lchashda Dopler effektiga asoslangan o‘lchash
usullari juda keng qo‘llaniladi. Bu usullar keng diapazonda 0,001 mkm/s dan
yorug‘lik tezligiga yaqin bo‘lgan tezliklarni o‘lchashda qo‘llaniladi.
Nurlanish chastotasining nisbiy o‘zgarishi o‘lchanayotgan tezlikning
tarqalayotgan tebranishlar tezligiga nisbatiga proporsional bo‘ladi.
Agarda harakatlanayotgan ob’ektga chastotasi
f
0
bo‘lgan nurlanish
yo‘naltirilsa, u holda qaytgan signalning chostotasi
f
0
chastotadan Dopler
tenglamasiga mos ravishda quyidagi kattalikka
farq qiladi, ya`ni:
,
....
1
2
1
2
2
0
0
c
V
c
V
c
V
f
V
c
V
c
f
f
g
(4.11)
Bu Yerda:
V - ob’ekt tezligi (uzoqlashayotgan ob’ekt uchun musbat);
s – nurlanishning tarqalish tezligi.
Agarda c=c
0
(c
0
– yorug‘lik tezligi), bo‘lsa u holda V < 104 m/s shart
bajarilganda, yuqori darajadagi hadlarning ulushi 3∙10
-5
dan kichik bo‘ladi,
chunonchi ko‘p hollarda quyidagi takribiy formuladan foydalaniladi:
Δf
g
= -2f
0
V/c = -2V/λ Yoki
V = -Δf
g
·c/(2f
0
) = -f
g
λ/2 . (4.12)
Bu yerda:
λ – nurlanayotgan signalning to’lkin uzunligi bo‘lib, u
λ = c/f
0
ga teng.
Tezlikni Dopler effekti asosida o‘lchashda nurlanishning keng
miqyosidagi chastota spektrlaridan, yani ultratovush to‘lqinlaridan tortib to
-
nurlanishlargacha bo‘lgan oraliqlardagi chastotalardan foydalaniladi.
Usulning afzalliklari quyidagilardan iborat:
- o‘lchash ob’ekti bilan ulanmasdan, ya`ni o’zaro kontaktda bo‘lmasdan
o‘lchashlarni bajarish;
- yuqori darajadagi sezgirlik va aniqlik;
- alohida zarralarning lokal tezliklarini o‘lchash va nusxa ko’chirish
imkoniyati mavjudligi.
70
Bu afzalliklarning hammasi nafaqat tezlikni o‘lchash imkoniyatini, balki
zarrachalarning murakkab oqimlarining tezlik topografiyasi va ularning fazoviy
titrashdagi grafiklarini ham hosil qilish umkoniyatini beradi.
Suyuqliki va gazsimon muhitlarning tarkibidagi begona zarralar (qattik
zarrachalar yoki pufaklar) mavjudligini ham aniqlash mumkin, binobarin ular
nurlanish yo‘nalishida qaytgan zarralardir.
Dopler effekti radiochastota diapazonidagi amalga oshiriladigan
o‘lchashlarda keng qo‘llaniladi. Ishlash prinsipi Dopler effektiga asoslangan
o‘lchash vositalari odatda nurlanish manbayi, fokuslantiruvchi tizimlar,
nurlanishni qabul qilgich, qayta ishlash qurilmasi va signalni qayd qilish
qurilmalaridan iborat bo‘ladi.
Dopler radari xarakatlanuvchi ob`ektdan qaytgan signal chastotasini
o`zgarishini o`lchab, uning tezligini aniqlaydi. Dopler radarlari turli soxalarda
qollaniladi, masalan avtomobil, ucuvchi ob`ektlar, kemalar, dengiz va daryo
oqimlari, bulutlar va boshga ob`ektlar tezligini o`lchashda.
Bundan tashqari Dopler effekti tibbiyotda (doplerografiya), qo`riqlash
signalizatsiyalarida va boshqa sohalarda keng ko`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: