(Fargbna shahri nomini
chor hukumati shunday deb о ‘zgartirgan edi — tahr.)
maorif rahbari
tomonidan majburiy yopildi... Undanyana Xo‘qand kelib, yo‘qsil bolalar
uchun pulsiz o‘qish maktabi ochdim... o‘zim 4 oyga davom ettirgandan
keyin uyezd nachayligi Medinskiy tomonidan tintuv bo‘lib yopildi.
Hamza dastlab «Nihoniy» («yashirin», «maxfiy» ma’nosida) taxallusi
bilan mumtoz adabiyotimiz janrlarida ijod qildi. Qariyb o‘n yil davomida
yaratgan she’riy asarlarini to‘plab, 1914-yilda ilk qo‘lyozma devonini
«Devoni Nihoniy» nomi ostida jamladi.
1915—1919-yillarda yozgan she’rlarini esa yettita to‘plam qiladi va
ularga «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi» deb umumiy
nom beradi. Bu majmuaga «Atir gul», «Oq gul», «Qizil gul», «Pushti
gul», «Sariq gul», «Yashil gul», «Safsar gul» to‘plamlari kirgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |